Başar Asad oilasi bilan birga Rossiyaga uçib keldi. Bu haqda «TASS» davlat axborot agentligi Kremldagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Agentlik suhbatdoşining sözlariga köra, Rossiya hukumati Suriya sobiq prezidenti va uning oilasiga boşpana taqdim etgan.

Ta’kidlanişiça, Suriya muxolifati yetakçilari Rossiya harbiy bazalari va diplomatik muassasalari xavfsizligini kafolatlagan. Manbaning qayd etişiça, RF Suriyadagi vaziyatni tartibga oliş uçun BMT vositaçiligida muzokaralarni qayta tiklaş kerak deb hisoblaydi.

BBC rus xizmati jurnalistlariga köra, Asad Suriyani Rossiya samolyotida tark etgan, Rossiya aviabazasi joylaşgan Lataqiyadan uçgan samolyot transponderini öçirgan va faqat qöniş arafasida uni yoqqan.

Avvalroq Reuters Başar Asad aviahalokat qurboniga aylangan bölişi mumkinligi ma’lum qilingandi. Agentlik Flightradar24 servisi ma’lumotlariga asoslanib, Damaşq isyonçilar qöliga ötişidan biroz oldinroq Syrian Air aviakompaniyasining Il-76 rusumli samolyoti mahalliy vaqt bilan 8 dekabrga ötar keçasi soat 4:55 da Suriya poytaxti aeroportidan uçib ketgani, köp ötmay samolyot Homs yaqinida radarlardan yöqolib qolgani haqida ma’lum qilgan.

Ukraina razvedkasi içida Asad bölgan samolyot halokati haqidagi xabar — Rossiyaning uni evakuatsiya qiliş böyiça amaliyoti bölganini ma’lum qilgan. Uning samolyoti ekipaj rossiyaliklar instruksiyasini bajargani tufayli radarlardan yöqolgan. 

Ma’lum qilinişiça, Suriyadan Asad rejimi mulozimlaridan taşqari rossiyalik harbiy komandirlar ham qoçgan. Qurollar, texnika va şaxsiy tarkibning qolgan qismini evakuatsiya qiliş uçun Moskva qöşimça kemalar yuborgan.