Suriya prezidenti Başar Asad va uning oilasiga Rossiyada boşpana taqdim etiş qarorini Vladimir Putin qabul qildi. Bu haqda RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Şu orqali u 8 dekabr kuni Suriyada öz rejimi qulagan Asad Moskvaga uçib ketganini tasdiqladi. Peskov Başar Asad hozir qayerda ekani töğrisida jurnalistlarga ma’lumot bera olmasligini va Putinning rasmiy jadvalida u bilan uçraşuv közda tutilmaganini bildirdi.

Şuningdek, u Kremlning Asadga Rossiyadan boşpana berilgani böyiça rasmiy bayonot bilan çiqişi «mutlaqo keraksiz» ekanini ta’kidladi. «Biz bunga majbur emasmiz», — deydi u.

Suriyadagi vaziyat haqida gapirar ekan Peskov u yerda sodir bölgan voqea «butun dunyoni hayratga solgani» va Kreml ham «mazkur holatda istisno emasligini» aytdi. Putinning matbuot kotibi fikriça, Suriyani «beqarorlik bilan boğliq murakkab davr» kutmoqda, ammo Kreml mintaqadagi barça davlatlar bilan bu masalada dialogni qöllab-quvvatlab turadi.

8 dekabr kuni TASS davlat axborot agentligi Kremldagi manbasiga tayanib, Başar Asad oilasi bilan birga Rossiyaga uçib kelgani töğrisida xabar bergandi. Agentlik suhbatdoşining sözlariga köra, Rossiya hukumati insonparvarlik nuqtai nazaridan Suriya sobiq prezidenti va uning oilasiga boşpana taqdim etgan.