Tomonlar Özbekiston va Primorsk ölkasi örtasidagi hududlararo hamkorlikni yanada kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildilar. Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikka oid keng kölamli masalalar körib çiqildi.
Gubernator Oleg Kojyemyako Ikkinçi jahon uruşi yillarida Özbekiston qöşgan hissani yuqori baholab, jumladan, minglab rus va boşqa millat bolalarini qabul qilgan özbek xalqining qahramonligini alohida ta’kidladi. U Primorsk ölkasi Özbekiston bilan hamkorlikni çuqurlaştirişdan manfaatdor ekanini alohida qayd etdi.
Uçraşuvda Özbekistondan mehnat migrantlarini jalb qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu boradagi özaro hamkorlikni tizimlaştiriş uçun Primorsk ölkasi hukumati tarkibida Özbekiston fuqarolarini tanlaş va işga joylaştiriş jarayonini nazorat qiluvçi, ularning mehnat huquqlarini himoya qiladigan va yangi şaroitlarga moslaşuvçi maxsus bölim taşkil etiş rejalaştirilmoqda.
Uçraşuvda istiqbolli taşabbuslar, jumladan, 2025 yilda Samarqand şahrida migratsiya masalalari böyiça Primorsk ölkasi vakolatxonasini oçiş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida Primorsk ölkasida migratsiya siyosatini yumşatişga qaratilgan kelişuvlarga erişildi.

















