Bir hafta oldin ham, isyonçilar Suriya şimoli-ğarbidagi Idlib viloyatidan rejimga qarşi yurişini boşlaganida Başar Asadning qulaşini tasavvur qilib bölmasdi. BBC şarhlovçilari keyingi kunlar va haftalarda Suriya va umuman mintaqadagi vaziyatdan nimani kutiş mumkinligini tahlil qilişdi.

Rossiya va Eron öz muammolari tufayli Asadni taşlab qöyişdi
Hyugo Baçega, BBC’ning Suriya-Turkiya çegarasidagi muxbiri 

Hozirda Suriya uçun buriliş pallasi. Asad 2000 yilda, mamlakatni 29 yil davomida temir muşt bilan boşqargan otasi Hafizning ölimidan keyin hokimiyatga kelgandi.

Kiçik Asad qattiq nazorat ostidagi va repressiv siyosiy tuzilmani meros qilib oldi, unda muxolifatga örin yöq edi.

Garçi dastlab Başar Asad boşqaça hukmdor — nisbatan oçiq va u qadar şafqatsiz bölmagan bölişi mumkinligiga umid bildirilgandi. Ammo bu umidlar tezda sarob bölib çiqdi.

Asad xotiralarda 2011 yilda öz rejimiga qarşi namoyişlarni şafqatsiz botirgan şaxs sifatida qoladi, bu mamlakatda bir yarim milliondan ortiq kişi halok bölişiga va olti million kişi qoçqinlarga aylanişiga sabab bölgan fuqarolik uruşini boşlab bergandi.

Asad Rossiya va Eron kömagida isyonni bostirdi hamda hokimiyatini saqlab qoldi. Moskva kuçli aviatsiyasini işga soldi, Tehron Suriyaga harbiy maslahatçilarini yubordi, uning ta’siridagi «Hizbulloh» esa yaxşi tayyorgarlikka ega qöşini bilan harbiy harakatlarda iştirok etdi.

Ammo bu safar bunday qöllab-quvvatlov bölmadi. Ittifoqçilari öz muammolari tufayli Asadni taşlab qöyişdi. Ularning yordamisiz Suriya qöşini «Hay’at Tahrir aş-Şom» yetakçiligidagi isyonçilarni töxtatişni uddalay olmadi, qayerdadir buni şunçaki istamadi.

Noyabr oyi oxirida isyonçilar mamlakatdagi eng yirik ikkinçi şahar Halabni deyarli qarşiliksiz egallaşdi. Keyin Hama ham ularning nazoratiga ötdi, bir neça kun ötib muhim markaz — Homsga isyonçilar qöşini kirib keldi. Şu tariqa, Damaşq yakkalanib qoldi va bir neça soat ötib muxolifatçilar poytaxtni ham egallaşdi.

Asadlar oilasining ellik yildan oşiq vaqt davom etgan boşqaruvi davri yakunlanişi mintaqadagi kuçlar muvozanatini ham özgartiradi.