Suriyadagi vaziyat özgarib borayotganini inobatga olgan holda TSAHAL qöşinlarini Suriya bilan çegaradagi bufer zonaga «va bir qator boşqa joylarga Jölan tepaliklaridagi jamoalar va fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş uçun» joylaştirdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuçlari (TSAHAL) 8 dekabr, yakşanba kuni Telegramʼda e’lon qildi.

«TSAHAL Suriyadagi içki voqealarga aralaşmasligini ta’kidlaymiz, - deyiladi bayonotda. - TSAHAL bufer zonani saqlab qoliş va Isroil va uning tinç aholisini himoya qiliş uçun zarur bölgan vaqtgaça öz faoliyatini davom ettiradi».

Netanyahuning Jölan tepaliklariga taşrifi

Xuddi şu kuni, 8 dekabrda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Suriyada Başar Asad rejimining ağdarilganini olqişlab, bu sodir bölgan kunni Yaqin Şarqda «tarixiy kun» deb atadi. Suriya hukmdori Asadning qulaşi «Eron yovuzlik öqi»ning markaziy bloklaridan biri vayron bölişiga olib keldi, dedi Isroil boş vaziri Jölan tepaliklariga taşrifi çoğida.

Şu bilan birga, u Isroilning «Hizbulloh» harakati va «Asadning eng muhim tarafdorlari» bölgan Eronga qarşilik körsatişi Başar Asad rejimining ağdarilişida ham muhim rol öynagan, degan fikrni bildirdi. «Bu Yaqin Şarqda zanjirli reaksiyaga sabab böldi va zulm qilgan rejimdan ozod bölişni istaganlarni kuçaytirdi», dedi Netanyahu.

Isroil boş vazirining ta’kidlaşiça, u TSAHALga Jölan tepaliklaridagi bufer zonaga kirib boriş va bu hududni, şuningdek, «qöşni strategik pozitsiyalarni» nazoratga oliş buyruğini bergan. «Suriya bilan bufer zona böyiça 50 yillik kelişuv barbod böldi. Isroil heç qanday duşman kuçlarni çegaramizda örnatişga yöl qöymaydi», — deya Netanyahu sözlarini keltirgan AFP.