Özbekiston böyiça 10–14 dekabr kunlariga ob-havo prognozi berildi.
Dam oliş kunlari sovuq tuşişiga sabab bölgan sovuq havo massalari uşbu hafta davomida respublika hududidan asta-sekin çekina boşlaydi va havo harorati iqlim me’yoriga yaqinlaşadi.
«Özgidromet» xabariga köra, 10–13 dekabr kunlari respublika hududining katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi, faqat 13 dekabr kuni şimolda ba’zi joylarda biroz yomğir yoğadi.
14 dekabrda respublika böyiça ba’zi joylarda yomğir yoğadi, şimolda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi. Faqat Farğona vodiysi viloyatlarida yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. 10–14 dekabrda harorat keçalari –5...–8 darajadan +2...+5 darajagaça, kunduz kunlari 0...+3 darajadan +9...+12 darajagaça kötariladi. Respublika şimolida harorat keçalari –8...–13 darajadan –2...–7 darajagaça, kunduz kunlari 0...–5 darajadan 0...+5 darajagaça kötariladi.
Şamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 13–14 dekabrda ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.
Poytaxtda: 10–13 dekabr kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. 14 dekabrda kunning ikkinçi yarmida yomğir yoğişi mumkin.
Harorat keçalari –6...–8 darajadan +3...+5 darajagaça, kunduz kunlari 0...+2 darajadan +10...+12 darajagaça asta-sekin kötariladi.
Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Şamol 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Yakşanba kuni Özbekiston hududiga yana sovuq havo massalari kirib kelişi kutilmoqda. Respublika böyiça yomğir va qor körinişidagi yoğingarçilik böladi, havo harorati keskin pasayadi.












