Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko mamlakatga «öndan ortiq» yadroviy kallaklar olib kelinganini ma’lum qildi. U boşqa mamlakatlarni davlat çegarasi buzilgudek bölsa, zudlik bilan javob qaytarişi haqida ogohlantirganini qöşimça qildi.

«Men bu yerga yadroviy kallaklarni olib keldim. Ular öndan ortiq. Köpçilik «bu hazil, heç kim heç narsa olib kelmadi», deb yozmoqda. Olib kelindi. Ular [muxoliflar] buni hazil deb aytayotgani, közdan qoçirganliklarini anglatadi. Ular hatto qanday olib kelinganini ham payqamay qolişdi», — deydi Belarus prezidenti.

Aleksandr Lukaşenko yadroviy qurolni qöllaşni katta mas’uliyat deb atadi. «Men barça duşmanlarim, «döstlarim» va raqiblarimni ogohlantirdim: davlat çegarasi çiziğiga qadam qöyişingiz bilan şu ondayoq javob böladi. Men yadroviy qurol yoki boşqa narsaga qarab ötirmayman», — deya qöşimça qiladi u.

Lukaşenkoning qayd etişiça, Belarus qölga kiritgan yadroviy kallaklar «Oreşnik» ballistik raketasidan beş barobar kuçli. Şuningdek, u «Oreşnik»ni uçirişga möljallangan qurilmalar Belarusda işlab çiqarilganini ma’lum qildi.

2024 yil martda Moskva va Minsk Rossiya taktik qurollarini Belarusga joylaştiriş böyiça kelişib olgandi. Aprelda Aleksandr Lukaşenko Rossiya hukumati mamlakatga «önlab zamonaviy yadroviy kallaklarni» qaytariş böyiça qaror qabul qilganini aytgan edi.

Avvalroq Putin va Lukaşenko xavfsizlik kafolatlari töğrisidagi şartnomani imzolagan edi. Belarus poytaxtida imzolangan hujjat ittifoq davlatlarini «barça vositalar», jumladan, yadroviy quroldan foydalanib bölsa ham himoya qilişni nazarda tutadi.