Niderlandiya noqonuniy migratsiyani çeklaş maqsadida Belgiya va Germaniya bilan yer usti çegara nazoratini kuçaytirdi.
Qayd etilişiça, 9 dekabrdan boşlab Niderlandiya olti oy muddatga vaqtinçalik içki çegara nazoratini joriy etadi. Mamlakat hukumati tomonidan bunday qaror noqonuniy migratsiya va transçegaraviy jinoyatçilikka qarşi kuraşiş maqsadida qabul qilingan.
Qöşni Belgiya va Germaniya bilan çegaradagi istalgan nazorat-ötkaziş punktida tekşiruvlar amalga oşirilişi mumkin.
Qirollik harbiy politsiyasi, şuningdek, Şengen zonasidan keladigan xalqaro poyezdlarni ham tekşiradi. Aeroportlarda esa faqat noqonuniy migratsiya va transçegaraviy jinoyatçilik nuqtai nazaridan xavf tuğdirişi mumkin bölgan reyslar tekşiruvdan ötkaziladi.
Niderlandiyada taxminan 840 ta çegara punkti mavjud. Marver harbiy politsiya kasaba uyuşmasiga köra, hukumat oxirgi 25 yilda xodimlar sonini köp qisqartirgani bois har bir nazorat-ötkaziş punktiga huquq-tartibot organlari xodimlarini joylaştira olmaydi.
Kasaba uyuşmasining qayd etişiça, harbiy politsiya vaqtinçalik çegara nazoratini ta’minlaş uçun faqat 50 ga yaqin xodimni ajrata oladi, ammo çegara ança uzun va qöşimça yuzlab çegaraçilar talab etiladi. Çegaradagi barça ötiş nuqtalarini tun-u kun nazorat qiliş uçun esa minglab xodimlar kerak böladi.
Niderlandiya hukumati oktyabr oxirlarida migratsiya siyosatini kuçaytiriş töğrisidagi yangi çora-tadbirlar böyiça kelişuvga erişgandi. Bunday çoralar qatoridan içki çegara nazoratini joriy etiş, qoçqinlar uçun muddatsiz yaşaş ruxsatnomalari va uni uç yillik hujjatga almaştirişni bekor qiliş, suriyalik qoçqinlarni Suriyadagi xavfsiz hududlarga qaytariş va uşbu mamlakatdan kelgan fuqarolarning Niderlandiyada yaşaşiga ruxsat berişni taqiqlaş, şuningdek, jinoiy javobgarlikka tortilgan boşpana izlovçilarni deportatsiya qiliş kabi çeklovlar örin olgan.












