Saratov oblasti gubernatori Roman Busargin 10 dekabr, seşanba kuni mintaqadagi harbiy aerodromga uçuvçisiz uçoq yordamida hujum qilinganini ma’lum qildi. Hujumning oldi olindi, dronlar yöq qilindi, deydi u. «Barça zarur favqulodda xizmatlar işlamoqda», — deb yozdi Busargin Telegram-kanalida. U gap qaysi aerodrom haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi.
Rossiya Mudofaa vazirligi hozirça Saratov oblastidagi dronlar haqida xabar bermagan. Ukraina, şuningdek, Rossiya hududiga uçuvçisiz uçoq hujumi uyuştirilgani haqidagi xabarga izoh taqdim etmadi.
Ukrainaga qarşi zarbalar «Engels-2» aviabazasidan amalga oşirilmoqda
Saratov oblastining Engels şahrida Rossiya Aerokosmik kuçlarining «Engels-2» aviabazasi joylaşgan bölib, u yerda strategik bombardimonçi samolyotlar joylaşgan. Ukraina qurolli kuçlari Engelsdan samolyotlar Ukraina hududi uzra raketalarni uçirayotganini bir neça bor ta’kidlagan.
Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan beri uşbu aerodrom bir neça bor Ukraina hujumlariga uçragan. Oxirgi holatlardan biri 2024 yil avgust oyining oxirida sodir böldi.
Noyabr oyi boşida Saratov neftni qayta işlaş zavodiga dron hujumi natijasida mazut rezervuari va texnologik bloklardan biri yonib ketdi. Bir neça kundan söng, UUA hujumi xavfi tufayli Saratovdagi Gagarin aeroporti faoliyatini vaqtinça töxtatdi.


















