Qayd qilinişiça, bu yil 9 million tonna don, 3 million tonnadan ortiq paxta, 16 million tonnadan ziyod sabzavot va poliz, 5 million tonna meva va uzum, 4 million tonna kartoşka, 15 million tonnadan köp göşt va sut yetiştirildi. Oziq-ovqat sanoati böyiça 343 ta loyiha işga tuşirildi. Şu bilan birga, mahalliylaştiriş böyiça hali imkoniyatlar köp. Ayniqsa, non, sut, göşt, ösimlik yoği, qandolat va salqin içimliklar işlab çiqarişni oşiriş kerak. Yiğilişda şu boradagi çora-tadbirlar muhokama qilindi.

Sönggi yillarda qandolat mahsulotlari eksporti 4 karra oşib, 13 million dollarga yetgan. Xomaşyo, qadoqlaş va etiketkalaş mahsulotlari töğridan-töğri keltirilib, tannarx 20 foizga kamaygani tufayli raqobatdoşlik ança oşgan. Bu imtiyozlar muddati 2025 yil 1 yanvarda tugaydi. Işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş maqsadida mazkur muddatni yana 2 yilga uzaytiriş taklifi körib çiqilmoqda.

Yoğ-moy sanoatida 408 ta korxona oçilgan. Lekin xomaşyo kamligi uçun ular töliq quvvatda işlamayapti. Yoğ-moy eksportiga ruxsat berilsa, işlab çiqariş 120 ming tonnaga oşib, 240 ming tonna ozuqa yem tayyorlanişi hisob-kitob qilingan. Boş vazir örinbosariga bozor talablaridan kelib çiqib, bu borada taklif kiritiş topşirildi.

Mamlakatimizda «Halol» sertifikatiga ega milliy brend korxonalari köpayib, mintaqa va arab davlatlariga göşt mahsulotlari eksport qilayapti. Lekin bizda kolbasa mahsulotlarini saqlaşning standart muddati 3 oy etib belgilangan. Xorijdagi iste’molçiga yetib borgunça 2 oy ketayapti. Göşt mahsulotini saqlaş muddati Yevropa standarti kabi 4-12 oyga oşirilsa, işlab çiqariş va eksport hajmini 2 karra köpaytiriş imkoniyati oçiladi. Şuning uçun bu boradagi standartlarni xalqaro standartlarga moslaştiriş vazifasi qöyildi.

Sut mahsulotlari işlab çiqarişni kengaytiriş, Namangan, Samarqand va Toşkent viloyatlarida ularni tahlil qiladigan laboratoriyalar taşkil etiş zarurligi aytildi. Şundan kelib çiqib, uşbu mahsulotlarning tabiiy yoki quruq sutdan tayyorlangani töğrisida belgi qöyiladi.

Salqin va alkogolsiz içimliklar, meva-sabzavotdan tabiiy şarbat işlab çiqariş ham yaxşi yölga qöyilgan. Sönggi 5 yilda ularning eksporti 9 barobar oşib, 35 million dollarga yetdi. Lekin özimizda yöq tropik mevalar konsentratiga boj qöyilgani uçun boşqa davlatlar mahsulotlari bilan raqobatda yutqazayapti. Şu bois tropik mevalar konsentratlarini bojxona bojidan ozod qiliş taklifi bildirildi.

Yiğilişda mutasaddilar «Kambağallikdan farovonlik sari» dasturi asosida sohadagi tadbirkorlar bilan olib borilayotgan özaro manfaatli hamkorlik haqida axborot berdi. Prezident kelgusi yilda bu işlarning sifatini yanada oşiriş va kölamini kengaytiriş böyiça topşiriqlar berdi.