15–17 dekabr kunlari Özbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelişi kutilmoqda. Bu haqda «Özgidromet» direktori Şerzodxöja Habibullaxöja Facebook sahifasida xabar qoldirgan.

15 dekabrda va 16 dekabrga ötar keçasi respublika böyiça yoğingarçilik (yomğir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuçli böladi. Şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayadi, ayrim joylarda ba’zida 20–25 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.

15 dekabrdan havo harorati pasayib, 16–17 dekabr kunlari keçalari –8...–13 darajagaça, ba’zi joylarda –15 darajagaça, kunduz kunlari 0...–5 daraja bölişi kutilmoqda.

Yöllarda yaxmalak kuzatiladi.

14-16 dekabr kunlari uçun ob-havo prognozi

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli böladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yoğadi. 16 dekabrda yoğingarçilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. Ğarbiy şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.

Qoraqalpoğistonda 14 dekabrda keçasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja, 15 dekabrda keçasi –3...–8 daraja, kunduzi 0...–5 daraja; 16 dekabrda keçasi –10...–15 daraja, kunduzi –3...–8 daraja böladi. Xorazm viloyatida 14 dekabrda keçasi –3...+2 daraja, kunduzi +3...+8 daraja, 15 dekabrda keçasi va kunduzi 0...–5 daraja; 16 dekabrda keçasi –8...–13 daraja, kunduzi
0...–5 daraja sovuq böladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomğir yoğadi. 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yoğadi. 16 dekabrda yoğingarçilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. Ğarbiy şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin. Harorat 14 dekabrda keçasi 0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja; 15 dekabrda keçasi va kunduzi –3...+2 daraja; 16 dekabrda keçasi –7...–12 daraja, kunduzi 0...–5 daraja böladi. Navoiy viloyati şimolida 14 dekabrda keçasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja, 15 dekabrda keçasi –3...–8 daraja, kunduzi 0...–5 daraja; 16 dekabrda keçasi –10...–15 daraja, kunduzi –3...–8 daraja böladi.