Qandolat mahsulotlari, içimliklar va şarbatlar işlab çiqaruvçilarga mahsulot işlab çiqariş uçun xomaşyo olib kirişda yengillik beriladi. Bu haqda 10 dekabr kuni oziq-ovqat sanoatidagi işlar va 2025 yilga möljallangan rejalar bilan tanişgan prezident bilan uçraşuvda söz bordi.

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovning «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilişiça, bugungi kunda mamlakatda 962 korxona faoliyat yuritib, ularda 189 ming tonna qandolat mahsulotlari işlab çiqarilmoqda. Keyingi yillarda mazkur mahsulotlar eksporti tört barobar oşib, 13 million dollarga yetgan.

Xomaşyo, qadoqlaş va etiketkalaş mahsulotlari töğridan töğri olib kelinib, tannarx 20 foizga kamaygani tufayli raqobatdoşlik ança oşgan, deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Savdo-sanoat palatasi rahbari mazkur yönaliş tadbirkorlari 2022 yilda Indoneziya va Malayziyadan palma va kokos yoği hamda Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan boşqa xomaşyo importini bojdan ozod qilişni söraganini ta’kidladi.

Öşanda prezident uşbu imtiyozlar berilişini tasdiqlagandi, ular 2025 yil 1 yanvarda tugaydi. Şavkat Mirziyoyev işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş maqsadida imtiyozlarni yana ikki yilga uzaytiriş taklifini ma’qulladi.

Özbekistonda salqin içimliklar, meva-sabzavotlardan tabiiy şarbatlar işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilindi. Oxirgi beş yilda ularning eksporti töqqiz barobar oşib, 35 million dollarga yetdi. Biroq tropik mevalar va apelsin şarbati konsentratlarini import qiliş böyiça joriy bojlar tufayli mahsulotlar raqobatbardoşligi böyiça boşqa mamlakatlar tovarlariga nisbatan past.

Şu munosabat bilan import qilinadigan tropik meva konsentratlarini bojxona tölovlaridan ozod qiliş taklif etildi.