2017 yilda Özbekiston iqtisodiyotini keng kölamli islohotlar va jadal rivojlantiriş böyiça çet el investitsiyalarini jalb qiliş hamda yangi texnologik loyihalarni amalga oşiriş böyiça qator işlar amalga oşirilgan. Joriy yilning yozida «Qandolat mahsulotlarini işlab çiqariş uçun sanoat kompleksini taşkil qiliş böyiça» investitsion loyihalardan biri muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Uşbu loyiha AMILOV qandolat fabrikasidir.

Fabrikaning umumiy maydoni 20 gektar bölib, işlab çiqariş uçun ajratilgan maydon 35 000 m2 taşkil qiladi. Texnologik liniyalar montaji hamda mahsulotlarning laboratoriya sinovlari Mossa Engineering (Rossiya) kompaniyasining malakali mutaxassislari tomonidan amalga oşirildi. Fabrika jahon standartlari va normalaridan kelib çiqib loyihalaştirilgan. Qandolat fabrikasining quriliş işlari bilan köplab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oşirgan Discover invest kompaniyasi şuğullandi.

Bugungi kunga kelib, fabrika keng assortimentli mahsulotlarni taklif qilmoqda: peçene, vafli, marmelad, marşmellou, karamel va konfetlarning boşqa turlari, şuningdek şokolad mahsulotlari, sutli hamda qora şokolad, turli naçinkali plitkalar.

Hozirda fabrikada un hamda şakarli mahsulotlar işlab çiqariş uçun, şuningdek, marmelad, karamellarning turli xillari uçun möljallangan zamonaviy avtomatlaştirilgan liniyalar işlab turibdi. Texnologik liniyalar faoliyati 2018 yilning yozida boşlangan.

Fabrika zamonaviy işlab çiqariş quvvatlariga ega bölib, uskunalar Yevropaning yetakçi kompaniyalari tomonidan yetkazib berilgan. Xususan:

- Hebenstreit (Germaniya) – turli vaflilar işlab çiqariş uçun;

- TFT (Germaniya) – aerolaştirilgan mahsulotlar işlab çiqariş uçun;

- Winkler und Dunnebier Suesswarenmaschinen GmbH (Germaniya) - şokolad mahsulotlarini işlab çiqariş uçun;