RF mudofaa vazirligi 11 dekabrga ötar keçasi Ukraina qurolli kuçlari Amerikaning ATACMS raketalari bilan Taganrogdagi harbiy aerodromga zarba yöllaganini ma’lum qildi.

Vazirlik matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytilişiça, ukrainalik harbiylar oltita raketa qöllagan, şundan ikkitasi «Pansir» zenit-raketa komplekslari orqali urib tuşirilgan, qolgan törttasi esa «radioelektron kuraş vositalari bilan möljaldan oğdirilgan».

Rossiya harbiy idorasiga köra, raketa zarbasi oqibatida «aerodromning texnik hududidagi ikkita bino va uçta harbiy maşina, şuningdek, aerodromga tutaş avtoturargohdagi fuqarolik avtomobillari yengil şikastlangan».

Şu bilan birga, RF mudofaa vazirligi bayonotida «raketa parçalari tuşişi oqibatida şaxsiy tarkib orasida jarohatlanganlar borligi» aytilgan. Qurbonlar haqida rasmiy ma’lumot keltirilmagan.

Astra Taganrog şifoxonasidagi manbasiga asoslanib, raketa zarbasi oqibatida 26 nafar harbiy xizmatçi yaralangani, bir kişi halok bölganini yozgan. Naşr versiyasiga köra, 11 dekabrga ötar keçasi aviaguruhlardan biri joylaşgan aviata’mirlaş zavodiga Ukraina qurolli kuçlari tomonidan yöllangan zarba oqibatida yana 15 nafar harbiy xizmatçi yaralangan. Hozirça bu ma’lumot boşqa manbalar orqali tasdiqlanmagan.

Mahalliy rasmiylar çorşanba kuni bergan ma’lumotda hujum oqibatida 27 ta köp kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti uzilgani aytilgandi.

Ukraina qurolli kuçlari Rostov oblasti böylab uçirgan ATACMS raketasi qoldiği

RF mudofaa vazirligi Taganrogga hujum «javobsiz qoldirilmasligi, tegişli çoralar körilişi»dan ogohlantirgan.

Associated Press va Reuters agentliklari amerikalik mulozimlarga tayangan holda AQŞ razvedkasi Rossiya «yaqin kunlarda» Ukrainaga zarba beriş uçun «Oreşnik» örta masofali ballistik raketasidan yana foydalanişi mumkinligini kutayotgani haqida xabar tarqatdi.

Şu bilan birga, Reuters suhbatdoşi Rossiyaning yangi raketa kompleksi qöllanişi frontdagi vaziyatni jiddiy özgartira olmasligini aytgan.

«Biz „Oreşnik“ jang maydonidagi kuçlar nisbatini çinakamiga özgartira oladigan omil emas, deb hisoblaymiz. Bu köproq Rossiyaning Ukrainani qörqitişga bölgan navbatdagi urinişi va bu uriniş muvaffaqiyatsiz böladi», — deya Vaşingtondagi manbasidan iqtibos keltirgan agentlik.