Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov iqtisodçi, jamoatçilik faoli Otabek Bakirovning ustidan prokuratura va IIVga şikoyat arizasi kiritgan. Bu haqda Bakirov öz Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Şikoyatga Bakirovning Toşkeng şahri Sağbon podstansiyasidagi avariyalar va ta’mirlaş işlari haqida 2023 yilning yozida öz Telegram-kanalida e’lon qilgan posti sabab bölgan.
“Vazir Mirzamahmudovga köra, post mundarijasida haqorat va obrösizlantiriş holatlari mavjud va bu böyiça menga nisbatan tegişli tartibda çora körilişi lozim.
Qiziq tarafi, qaçondir haykal qöyiladigan Sağbon podstansiyasi bilan boğliq surunkali muammo yoritilgan post 2023 yil 5 iyunda yoki 1 yil-u 7 oy avval yozilgan. Mirzamahmudov organlarga şikoyat arizasini 2024 yil 10 oktyabrda, ya’ni 1 yil-u 4 oy ötib taqdim etmoqda”, – deya yozdi Bakirov.
Uning qayd etişiça, vazir öz arizasini “Lolazor” podkasti mehmoni bölganidan 6 kun ötib kiritgan.
“Adaşmasam, Lolazor'ning birinçi sonidan keyin energetiklarning taklifi bilan (vazir keladi deyişgandi) tinimsiz ta’mirlanayotgan Sağbon podstansiyasiga ham borgandik va kiçik reportaj ham uyuştirgandik.
Nima bölgandayam, öşandan keyin bizning Toşkent tumani Sağbondan uzilgan va elektr energiyasini boşqa, tumanimizdagi podstansiyalardan olmoqdamiz”, – deya ma’lum qilgan iqtisodçi.
Otabek Bakirovning aniqlik kiritişiça, şikoyat arizasi fuqaro Mirzamahmudov tarafidan emas, vazir Mirzamahmudov tomonidan kiritilgan. Ariza hozirda poytaxt IIB Kiberxavfsizlik bölinmasi tomonidan örganilmoqda.
Buyoğiga nima böladi?
Bakirovning qöşimça qilişiça, ekspertiza vazir Mirzamahmudov arizasi böyiça körsatilgan holatlarda haqorat va obrösizlantiriş bor yoki yöqligini aniqlaşi kerak.
“IIB şikoyat arizasiga mening bugungi tuşuntiriş va körsatmalarimni qöşib ekspertizaga yuborişi kerak. Balki zaruriyat tuğilsa, qöşimça ma’lumot va körsatmalar töplanişi mumkin.

















