Adliya vazirligi media mahsulotlarini «ma’naviy ekspertiza»dan ötkazişga doir hujjatda jismoniy va yuridik şaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvçi umummajburiy kuçga ega bölgan huquqiy normalar belgilanganligi aniqladi.

Amaldagi qonunçilikka muvofiq vazirlik va idoralarning şunday turdagi huquqiy hujjatlari Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazilişi lozim. Davlat röyxatidan ötkazilmagan bu turdagi hujjatlar tegişli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soliş uçun asos bölib xizmat qilişi mumkin emas hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

«Şu bois, media mahsulotlarini «ma’naviy ekspertiza»dan ötkazişni joriy etiş töğrisidagi qaror uşbu hujjatni qabul qilgan organlar tomonidan bekor qilinganligi va ijrodan çaqirib olinganligi ma’lum qilinadi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Şuningdek, Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassislariga media mahsulotlarning amaldagi qonunçilikka zidligi aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etiş yuzasidan tahliliy fikrlar tarzida vakolatli organlarga taklif kiritib boriş haqida tavsiya berilgan.

Avvalroq, Ma’naviyat va ma’rifat markazi seriallar, multfilmlar, filmlar va qöşiqlar «ma’naviy ekspertizadan» ötkazilişini ma’lum qilgan edi.

«Qayd qilinişiça, mutaxassislar Özbekiston va xorijda işlab çiqarilgan ommaviy axborot vositalarining davlat siyosati, davlat ramzlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy mezonlarga muvofiqligini örganadi. Şuningdek, insoniy fazilatlarga zid axloqsizlik va odobsizlik tarğibotining mavjudligi ham tekşiriladi», — deyilgan markaz tarqatgan xabarda.

Markaz ekspertizadan ötmagan media mahsulotlarning namoyiş etilişini töxtatiş böyiça tegişli vazirlik, idora va taşkilotlarga taklif kiritişini aytgan.