Yaponiyalik stomatologlar tişi yöq insonlar yangisini östirişi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ular hozirda tiş protezlari va implantlari örnini egallaşi kutilayotgan yangi dori vositasini sinovdan ötkazmoqda. Bu haqda Osakadagi Kitano gospitali tibbiy tadqiqot instituti oğiz böşliği jarrohligi bölimi boşliği Katsu Takaxaşiga tayanib, France 24 agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, oktyabr oyida Takaxaşining jamoasi Kioto universiteti şifoxonasida klinik sinovlarni boşlagan. Katta yoşli köngillilarga yaşirin tişlar ösişiga turtki beradigan antitana asosidagi eksperimental dori vositasi yuboriladi. Olimlarning tuşuntirişiça, odamlarda faqat ikki turdagi — sut va doimiy tişlar çiqadi. Ammo Katsu Takaxaşining sözlariga köra, milklarda «uyqudagi» uçinçi avlod tişlari ösimtasi mavjud.
Yöqotilgan tişlarni (kariyes, kasallik yoki jarohat natijasida) protezlaş — qimmat turadigan amaliyot hisoblanadi. Tabiiy tişlarni qayta tiklaş arzonroq va bemor uçun nisbatan oğriqsiz keçadi. Stomatologlar öz izlanişlari orqali asosan tuğilgandan beri olti yoki undan köproq doimiy tişi bölmaydigan bolalarga yordam körsatişni maqsad qilgan.
Takaxaşining sözlariga köra, uşbu irsiy kasallikdan 0,1 foiz odam aziyat çekadi va ular çaynaş bilan jiddiy maummolarni boşdan ötkazadi. Tadqiqotçilar 2030 yilga borib öz dori vositasini retsepsiz tarqatişni yölga qöymoqçi. Antitanalar yordamida siçqonlar ustida ötkazilgan davolaş öz natijasini bergan: kemiruvçilarning yangi tişlari ösib çiqqan.

















