Gurjistondagi Gudauri toğ-çanği kurortidagi hind restoranidan 12 kişining jasadi topildi. Bu haqda mamlakat Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, topilgan jasadlar restoran xodimlariga tegişli bölişi mumkin. Idora ma’lumotlariga köra, halok bölgan 12 kişining 11 nafari çet ellik, bir nafari esa Gurjiston fuqarosidir.
Holat böyiça Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Gurjiston IIV gap baxtsiz hodisa haqida ketayotgan bölişi mumkinligini istisno etmayapti.
«Dastlabki ekspertiza davomida jasadlarda zöravonlik alomatlari aniqlanmagan. Şuningdek, tergov ma’lumotlariga köra, yotoqxonalar yonidagi içki yopiq xonaga generator örnatilgan bölgan, aftidan, u ötgan kuni obektga elektr energiyasini uzatiş töxtatilganidan keyin yoqilgan», — deyiladi xabarda.












