Malayziya poytaxti Kuala-Lampur şahridagi kutubxonada Abu Rayhon Beruniy asarining qadimiy qölyozmasi saqlanayotgani ma’lum böldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Malayziyada xizmat safari bilan bölib turgan Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari örinbosari Firdavs Halimov Xalqaro islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti direktori Abdelaziz Bergut bilan uçraşuv ötkazgan.

Abdelaziz Bergut Xalqaro islom tafakkuri va sivilizatsiya institutining kutubxona fondi, mavjud bir qator nodir qölyozma va eksponatlar bilan mehmonlarni taniştirgan.

U kutubxonada nodir qölyozmalar – Abu Rayhon Beruniyning astronomiya ilmiga oid 1197 yilga mansub “Kitob al-Tafhim” asari va Abulqosim Firdavsiyning 1612 yilga oid “Şohnoma” asarlari saqlanayotgani haqida aytib ötgan.

Mazkur asarlar 20-asr oxirlarida Yevropa auksionlarida xarid qilingani ma’lum qilingan.

Muloqot davomida Özbekiston zaminida yetişib çiqqan buyuk allomalar merosini örganiş, nodir manbalarni tadqiq etiş, noyob qölyozmalarni faksimile nusxasini yaratiş, qöşma ilmiy tadqiqot va anjumanlar ötkaziş kabi yönalişlarda hamkorlik rejalari körib çiqilgan.

Kuala-Lumpur şahrida Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan birgalikda Beruniy ilmiy merosiga bağişlangan xalqaro konferensiya taşkil etiş töğrisida kelişuvga erişilgan.