15 dekabrdan 16 dekabrga ötar keçasi Tojikistonning Konibodom şahri, Xisorak (sobiq Qörğonça) qişloğida zöravonlik belgilari bilan yana tört kişining jasadi topildi. Bu şaharda sönggi bir hafta içida sodir bölgan ikkinçi holat. Rasmiylar sukut saqlamoqda, bu esa mahalliy aholini xavotirga solmoqda, deb xabar berdi Asia-Plus. Halok bölganlar ikki erkak va ikki ayol ekani ta’kidlanmoqda.

Ölganlar orasida Ğaybullo Majidov (35 yoş) va uning rafiqasi Zarnigor (28 yoş) bor. Ularning uç farzandi yetim qoldi. Boşqa qurbonlar - 70 yoşli Oyşa Şokirova va uning öğli Javlon Şokirov (44 yoş). Voqea sodir bölgan vaqtda ularning uyida yana kimdir bölgani noma’lum.

Qayd qilinişiça, rasmiylar Xisorakda törtta jasad topilgani haqida heç qanday izoh bermagan. Söğd IIB, Konibodom şahar IIB va respublika IIV matbuot xizmati tahririyatning köp sonli qönğiroqlariga javob bermagan.

Bu Konibodomda bir hafta içida sodir bölgan ikkinçi qotillikdir. Avvalroq aynan şu şaharda Ne’matovlar oilasining olti nafar a’zosi, jumladan, tört nafar bolaning jasadi topilgan edi. Oila boşliği 37 yoşli Naimjon Ne’matovning jasadi uyning boğidagi daraxtga osilgan holda topildi. Guvohlarning sözlariga köra, uning tanasida kaltaklaniş izlari bölgan.

Uydan oilaning boşqa a’zolari – Naimjonning rafiqasi, 33 yoşli Nafisa va ularning farzandlari – 13 yoşli Amina, 10 yoşli Fotima va Zuhra hamda ikki yoşli Muhammadyusufning jasadlari topilgan. Bu haqda ham rasmiylar izoh berişdan özini tiygan.

Şu yilning aprel oyidan beri Konibodomda kamida beşta oilaviy qotillik sodir etilgani haqidagi xabarlar şahar aholisini qörquvga solmoqda, deb ta’kidladi naşr. Jinoyat sabablari noma’lumligiça qolmoqda va ularning bir-biriga aloqadorligi noma’lum. Faqat avgust oyida Tojikiston Içki işlar vazirligi uşbu holatlar yuzasidan izoh berdi. Ta’kidlanişiça, Konibodom şahrida törtta oilaviy qotillik qayd etilgan, ulardan ikkitasi maişiy nizolar bilan boğliq bölgan. Gumonlanuvçilar qölga olinib, jinoyat işlari sudga ötkazilgan.

Ötgan hafta Tojikiston sudlari ikki kişini uşbu jinoyatlarda iştirok etgani uçun jazoga hukm qildi. Jumladan, Marat Sattorov umrbod, Şarifjon Şoyev esa 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi.