Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi 2023 yil uçun Özbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida milliy ma’ruza hamda unda keltirilgan korrupsion jinoyatlar tahlili, jinoiy-huquqiy statistikadan kelib çiqib, öz xulosa va tavsiyalarini berib ötdi.

Ma’lum qilinişiça, korrupsiyaga qarşi kuraşişda birinçi navbatda davlat organi yoki taşkilot rahbari şaxsiy namuna körsatib, taşabbuskor bölişi kerak. Agentlikka köra, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiliş uçun ajratilayotgan mablağlar miqdori va kölami doimiy oşib borayotgan bölsa-da, uşbu mablağlarning maqsadsiz işlatilişi va talon-toroj qilinişi ham tinmayapti.

Masalan, hududlarda «Temir», «Ayollar», «Yoşlar» va «Mehr» daftarlarida hisobda turgan ijtimoiy himoyaga muhtoj şaxslarga mablağlarning maqsadli va manzilli sarflanişi örganilganda, 12 402 ta holatda jami 82,9 mlrd sömlik xato va kamçiliklar aniqlangan. Aniqlangan qonunbuzilişi holatlari böyiça töplangan 387 ta materiallar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.

«Manfaatlar töqnaşuvini tartibga soliş, davlat fuqarolik xizmatçisining daromadlari hamda mol-mulkini deklaratsiya qiliş tizimi joriy etilmaganligi korrupsiyaning oldini olişdagi islohotlar samaradorligiga ta’sir qilmoqda.

Yuqoridagi omillarni bartaraf etişda korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasidagi islohotlarni izçil davom ettirib, fuqarolik jamiyati institutlari, OAV vakillari va keng jamoatçilikni uşbu illatga qarşi kuraş olib borişda kuçli jamoatçilik nazoratini örnatiş orqali jalb etiş oldimizda turgan muhim vazifalardan biridir», – deyiladi agentlik xulosasida.

Bu tizim 3 yil oldin işga tuşişi kerak edi

Eslatib ötamiz, prezident farmoniga köra, 2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatçilari, davlat uluşi 50 foizdan yuqori taşkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va örinbosarlari, ularning turmuş örtoği va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qiliş tizimi joriy etilişi kerak edi.