Başar Asad hukumati ağdarilganidan 10 kun ötib «Hay’at Tahrir aş-Şom» rahbari Ahmad Hussayn aş-Şar’a (Abu Muhammad al-Jölaniy taxallusi bilan tanilgan) Ğarb bilan muloqot örnatişga kirişdi. Isyonçilar yetakçisi xalqaro hamjamiyatni Asad boşqaruvi davrida Suriyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilişga çaqirgan. Duşanba kuni Ahmad aş-Şar’a britaniyalik diplomatlar va BMT vakillari bilan uçraşuvlar ötkazgan.
Suriyalik isyonçilar yetakçisi yaqin vaqtlar içida Fransiya va Germaniya vakillari bilan uçraşadi, Ğarbning boşqa mamlakatlari ham hamkorlikka tayyor ekanini bildirgan.
Endilikda özining haqiqiy ismi-şarifi Ahmad aş-Şar’adan foydalanayotgan Abu Muhammad al-Jölaniy duşanba kuni britanlar elçisi Enn Snou bilan suhbatda xorijga köçişga majbur bölgan suriyaliklar öz uylariga qayta olişi uçun xalqaro sanksiyalarni bekor qiliş zarurati haqida gapirgan.
«Ular zolim va uning qurbonlariga qöyilgan barça çeklovlarni olib taşlaşi lozim — zolim endi yöq. Bu masalani ortiq çözmaslik kerak», — degan u.
Ahmad aş-Şar’aning sözlariga köra, uruş içida qolgan Suriyadagi isyonçi guruhlar tarqatib yuboriladi, uning jangçilari esa mudofaa vazirligi ixtiyoriga ötkaziladi.
«Barça qonunga böysunadi», — deya qöşimça qilgan u.
Islom dinining şia mazhabi oqimi hisoblangan druzlar jamoasi a’zolari (uruşdan oldingi Suriya ahlisining 3 foizi atrofida bölgan) qarşisidagi çiqişi vaqtida u turli etnik ozçiliklar istiqomat qiluvçi mamlakatda birdamlik zarurligini ham ta’kidlagandi.
«Suriya yaxlit bölib qolişi lozim, — degan u. — Ijtimoiy adolatni kafolatlaş uçun davlat va barça dinlar örtasida ijtimoiy kelişuv tuziş zarur».

Hamkorlik istiqbollari va «maksimal ehtiyotkorlik»
Suriyaning yangi hukumatining aynan ozçiliklarga munosabati Ğarbning köplab mamlakatlari uçun Hş bilan kelgusidagi hamkorlik yönalişini belgilaydi.
Estoniya sobiq boş vaziri, hozirda Yevrokomissiya rahbari hisoblangan Kaya Kallas sanksiyalar bekor qilinişi va Hş qora röyxatdan çiqarilişi «yangi rahbariyat tomonidan ijobiy qadamlar quruq sözlarda emas, balki real qadamlar va harakatlarda körinişi»ga boğliq ekanini aytdi.













