Suriyadagi rejim qulagaç, butun dunyo böylab Başar Asad oilasi tomonidan hokimiyatdagi 50 yildan oşiq vaqt davomida töplangan milliardlab dollar qiymatdagi naqd pullar hamda aktivlar uçun «global ov» boşlandi, deb yozadi The Wall Street Journal.
Asadlar oilasi boyligining aniq miqdori noma’lum. AQŞ Davlat departamenti 2022 yilda bu miqdorni aniqlaş qiyinligi qayd etib, Asadlar oilasi bilan aloqador aktivlarni bir milliarddan 12 milliard dollargaça baholagandi. WSJ amerikalik sobiq mulozimlar hamda tadqiqotçilarga tayangan holda Başar Asadning yaqinlari tomonidan amalga oşirilgan xaridlar qatorida Moskvadagi elita turar joylar, Venadagi butik-otellar hamda Dubaydagi xususiy samolyotni keltirgan.
«Rejim aktivlari uçun ov xalqaro miqyosda boşlanadi. Ularda öz pullarini yuviş uçun inqilobga qadar juda köp vaqt bor edi. Ularda doimo „B“ rejasi bölgan va hozirda ular surgunga juda yaxşi tayyorlangan», — deydi Oq uyning sobiq xodimi, AQŞ sanksiyalariga rioya etilişi böyiça iş davomida Asadlar oilasining aktivlarini qidiriş bilan şuğullangan Endryu Tabler.
Asadlar oilasi Başarning otasi, 1970 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Hafiz Asad davridayoq mulklarni egallab olişni boşlagan. Başar Asadning universitetdagi dösti Ayman Abdul Nurning sözlariga köra, u öz bojasi kuyovi Muhammad Mahlufni tamaki mahsulotlari importi monopoliyasiga rahbar qilib qöygan. Bundan taşqari, Mahluf jadal rivojlanayotgan quriliş sektoridan katta miqdorda komissiya tölovlari oladi. 2000 yilda Hafiz Asad vafot etib, uning örniga öğli Başar prezident bölganida, Muhammad Mahluf ham öz biznes-imperiyasini öğli Ramiga ötkazadi.
Parijlik advokat, Asadlarning aktivlarini örgangan Uilyam Burdonning sözlariga köra, Mahluflar oilasi prezident nomidan harakat qilib pul işlab, zarurat tuğilganda rejimni va hukmron oilani moliyalaştirişi közda tutilgandi. Yakunda Rami Mahluf bank sektori, media, bojsiz savdo qiluvçi dökonlar, aviakompaniyalar va telekommunikatsiya sohalarida aktivlarga ega böldi — AQŞ Davlat departamenti baholariga köra, bu aktivlar bahosi 10 milliard dollar atrofida bölgan.
Suriyada 2011 yilda boşlangan fuqarolik uruşi Asadlar oilasiga boyiş uçun yangi imkoniyatlarni oçadi. Prezidentning kiçik ukasi Mohir Asad armiyaning elita 4-zirhli tank diviziyasiga qömondonlik qilgan, diviziya harbiylari kaptagon («jihodçilar narkotigi» deb ham atalgan psixotrop modda) kontrabandasi bilan şuğullanib, uni Yaqin Şarqning boşqa mintaqalariga yetkazib bergan.


















