Kiyev Rossiya harbiy razvedkasi uçun işlagan va Ukrainadagi F-16 ğarb qiruvçi samolyotlari haqida ma’lumot töplagan 12 agent foş etilganini e’lon qildi. Gap «Ukrainada F-16 samolyotlarini «ovlaş»ga ixtisoslaşgan Rossiya agentlarining eng yirik tarmoği haqida ketmoqda», — deya ma’lum qildi Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) 17 dekabr, seşanba kuni.
Bayonotda ta’kidlanganidek, hujumçilar Ukrainaning beşta mintaqasi — Zaporijjya, Xarkiv, Sumi, Mikolayiv va Odessa oblastlarida Ukraina Qurolli kuçlarini kuzatgan. «Maxsus operatsiya natijasida 12 nafar agent va ularga ma’lumot beruvçilar foş böldi, ulardan ba’zilari Ukraina Qurolli kuçlari bölinmalarini ruxsatsiz tark etgan va yaşirinib yurgan paytda Rossiya maxsus xizmatiga jalb qilingan», dedi SBU.
Ukraina HHM pozitsiyalari va maxfiy aerodromlar haqida ma’lumot töplaş
Ular Dnipropetrovsk oblastida yaşovçi şaxs rahbarligida alohida harakat qilib, Ukraina havo mudofaasi pozitsiyalari haqida ma’lumot töplaş va F-16 samolyotlari joylaşişi mumkin bölgan maxfiy harbiy aerodromlar joylaşuvini örganiş bilan şuğullangan. «Duşman agentlarining alohida vazifasi Rossiya dronlariga qarşi radioelektron uruş uskunalarini işlab çiqariş bilan şuğullanadigan kompaniyalarning manzillarini aniqlaş edi», deb ta’kidlaydi Ukraina razvedka xizmati. Ma’lumot töplaş uçun agentlar özlarining tanişlari, jumladan, Ukraina harbiy xizmatçilaridan foydalangan.
Yaçeyka a’zolari foş qilindi va taşkilotçi qölga olindi. Asosiy şaxslarga davlatga xiyonat va Ukraina Qurolli kuçlarining joylaşuvi töğrisidagi ma’lumotlarni noqonuniy uzatiş böyiça gumon haqida ma’lumot berildi va tarmoqning boşqa iştirokçilariga gumon e’lon qiliş masalasi hal qilinmoqda. Tintuv çoğida uyali telefonlar, ma’lumot saqlaş vositalari, harbiy hujjatlar va qalbaki guvohnomalar musodara qilindi, deya xabar beradi SBU.


















