Suriyada, uning hukmdori Başar Asad davrida, 2013 yildan beri 100 mingdan ortiq odam qiynoqqa solingan yoki öldirilgan bölişi mumkin. Bu bahoni 17 dekabr, seşanba kuni Reuters bilan suhbatda AQŞning harbiy jinoyatlarni tergov qilayotgan sobiq elçisi Stiven Rapp bildirdi.
U avvalroq ikki ommaviy qabrga borgan: Damaşq yaqinidagi Qutayfa va Najha şaharlarida. «Bizda, albatta, bu maşinada (ommaviy qiynoqlar va qotilliklardan) ğoyib bölgan va qiynoqqa solingan holda öldirilgan 100 000 dan ortiq odam bor», dedi u.
«Biz natsistlar davridan beri bunaqasini körmaganmiz», dedi Rapp. U ilgari Ruanda va Serra-Leonedagi uruş jinoyatlari tribunallarida ayblovni boşqargan va hozir Suriya fuqarolik jamiyati bilan Asad rejimi tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlar dalillarini hujjatlaştiriş va ehtimoliy sud jarayonlariga tayyorgarlik körişda yordam bermoqda, deya tuşuntiradi Reuters.
Öz navbatida, boş qarorgohi Qöşma Ştatlarda joylaşgan Suriya Favqulodda vaziyatlar guruhiga rahbarlik qiluvçi huquq himoyaçisi Muaz Mustafo jurnalistlarga, uning hisob-kitoblariga köra, birgina Qutayfada kamida yuz ming jasad dafn etilganini aytdi.
WSJ: Asad oilasining boyligi 12 mlrd dollarga teng bölişi mumkin
2021 yilda butun Suriyaning yalpi içki mahsuloti (YaIM) atigi 8,98 milliard dollarni (8,54 milliard yevro) taşkil etganiga qaramay, Başar Asad oilasining aktivlari qiymati 12 milliard dollarga (11,4 milliard yevro) yetişi mumkin. Bu haqda Amerikaning The Wall Street Journal gazetasi 15 dekabr kuni xabar berdi.
Asad rejimining qulaşi bilan Suriyada 50 yildan ortiq vaqt davomida hokimiyat tepasida turgan uning oilasining köp milliard dollarlik boyligi uçun global ov boşlandi, deb yozadi naşr.
«Inqilobdan oldin ularning pullarni yuviş uçun köp vaqtlari bor edi, ularda har doim »B« rejasi bölgan va ular haydalişga yaxşi tayyorgarlik körişgan», dedi Oq uy Xavfsizlik kengaşi huzuridagi tuzilmalardan birida Suriya siyosati uçun mas’ul bölgan Endryu Tabler.
Tabler - Vaşington Yaqin Şarq siyosati instituti xodimi. Ilgari u Asad oilasi a’zolariga nisbatan sanksiyalar qöllaş uçun ularning mol-mulkini aniqlaş ustida işlagan.
Başar Asad va uning otasi Hofiz qarindoşlari yordamida boyliklarini xorijda yaşirgan, deya ta’kidladi WSJ.

















