Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) önlab insonlarning ölimiga sababçi bölgan noma’lum kasallik bezgakning oğir şakli ekani ma’lum böldi. Bu haqda mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligiga tayanib The Guardian xabar berdi.

«Sir va nihoyat oşkor böldi. Bu respirator kasallik körinişidagi bezgakning oğir şaklidir», — deyiladi vazirlik xabarida. Şuningdek, soğliqni saqlaş idorasining qöşimça qilişiça, kasallik tarqalgan Kvango provinsiyasi aholisining töyib ovqatlanmasligi ularni ança zaif qilib qöygan.

KDR Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, oktyabr oyidan beri 592 kişida uşbu kasallik aniqlangan, ölim darajasi esa 6,2 foizni taşkil etmoqda.

Dekabr boşlarida Kongo Demokratik Respublikasining janubi-ğarbiy provinsiyasida 143 kişi noma’lum kasallik oqibatida vafot etgani töğrisida xabar berilgandi. Kvango provinsiyasi gubernatori örinbosari Remi Saki va mahalliy Soğliqni saqlaş vazirligi rahbari Apolliner Yumba kasallikka çalinganlarda gripp belgilari, jumladan, tana haroratining kötarilişi va kuçli boş oğriği kuzatilganini ma’lum qilgan. Öz navbatida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti mamlakatga epidemiologlar, laborantlar, yuqumli kasalliklar profilaktikasi va nazorati böyiça ekspertlardan iborat mutaxassislarini yuborgan edi.