GFR prezidenti 27 dekabrda Bundestag tarqatilishini e’lon qiladi
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer Bundestag hukmron koalitsiya parchalangani sababli kansler Olaf Shols hukumatiga ishonchsizlik bildirgani tufayli uni tarqatib yuborish niyati borligini ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti / Maksim Blinov
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer 2024 yilning 27 dekabrida Bundestagning tarqatilishi sanasini e’lon qiladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan 20 dekabr, juma kuni e’lon qilingan press-relizda aytiladi. Bu qaror ishonch bildirilmagan kansler Olaf Sholsning iltimosiga binoan qabul qilindi.
Bundestagni tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin, Shtaynmayyer «federal hukumat uchun barqaror parlament ko‘pchiligini yaratish uchun hech qanday istiqbol yo‘qligiga» ishonch hosil qildi.
Olaf Shols Bundestagda ishonch bo‘yicha ovoz berishda yutqazdi
16 dekabr kuni Germaniya kansleri Olaf Sholsning federal hukumatiga ishonch bildirish bo‘yicha ovoz berishda Germaniya parlamentining 394 nafar a’zosi bunga qarshi chiqdi. Bundestagning 207 deputati hukumatni qo‘llab-quvvatladi, yana 116 nafari betaraf qoldi.
Shols koalitsion hukumatiga, jumladan, eng yirik muxolifat fraksiyasi a’zolari — Xristian-demokratik ittifoq (XDI) va Xristian-sotsial ittifoq (XSI) konservativ bloki, hukmron koalitsiyani tark etgan Erkin demokratik partiya (EDP), shuningdek, So‘l partiya va Sara Vagenknext ittifoqi (SVI) populistlari hamda «Germaniya uchun muqobil» (GuM) vakillari ishonchsizlik bildirdi. Hukumatda qolgan «yashillar» partiyasi deputatlari ovoz berishda betaraf bo‘ldi.
Ovoz berishdan oldin nutq so‘zlagan Shols ishonch masalasi faqat parlamentga tegishli emasligini ta’kidladi. «Shuning uchun bugun men barcha saylovchilarga ishonch masalasi bilan murojaat qilaman», dedi u. Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, asosiy masala Germaniya kuchli davlat sifatida o‘z kelajagiga faol sarmoya kiritishga tayyormi yoki yo‘qmi, shundan iborat. Bu Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Bundesverni mustahkamlashga shoshilinch sarmoyadir, u sog‘liqni saqlash, bemorlar va qariyalarni parvarish qilish tizimi, pensiya sug‘urtasi va kommunal budjetlar hisobidan amalga oshirilmasligi kerak, dedi Shols.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning vakili Moskvada. Kremldagilar vaqtincha sulhga rozi emas
Jahon | 20:02
-
O‘zbekiston va Fransiya strategik sherik bo‘ldi. Maqsadlar va manfaatlar nima?
O‘zbekiston | 19:54
-
Qorabog‘ sobiq bosh vaziri Vardanyan ochlikni to‘xtatdi. U 23 kun davom etdi
Jahon | 19:15
-
Tramp prezidentligi davrida 30 mingdan ortiq migrant hibsga olindi
Jahon | 19:11
Mavzuga oid

14:30 / 01.02.2025
Germaniya Bundestagiga saylovda 29 partiya ishtirok etishi mumkin bo‘ladi

12:51 / 01.02.2025
Germaniya Bundestagi migratsiyani cheklovchi qonun loyihasini rad etdi

11:10 / 01.02.2025
Bundestag Kiyevga yordam ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qildi

15:18 / 30.01.2025