«Hududgazta’minot» AJ ijtimoiy tarmoqlarda gaz hisoblagiçlarning batareyalari bilan boğliq muammolar kuzatilayotgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Telegramʼdagi «Kurbanoff.net» kanali muallifi Şuhrat Qurbonov mahalliy işlab çiqarilgan gaz hisoblagiçlarda bir neça yildan söng (2 yildan 3 yilgaça) batareyalar quvvati tugaşi, natijada hisoblagiç tizimga ma’lumotlarni uzatişni töxtatişi haqida yozdi. U batareyalarni almaştiriş bilan faqat gaz ta’minoti korxonasi mutaxassislari şuğullanişi mumkinligini ta’kidladi.
«Hududgazta’minot»ga köra, mutaxassislar tomonidan iste’molçilardagi (batareya yoki aloqadagi muammo sabab) aloqaga çiqmayotgan elektron gaz hisoblaş uskunalari (EGHU) monitoringi yuritib kelinadi. Uşbu monitoring asosida kamçilik aniqlangan EGHUlar respublikadagi 2 mingga yaqin mahalla gazçilari tomonidan örganilib, muammolar hal etilmoqda. Ta’kidlanişiça, iste’molçilarning batareya yoki aloqa sim kartasi bilan boğliq murojaatlari zudlik bilan bartaraf etilyapti.
«Iste’molçilarga örnatilgan EGHUlar xotirasi doimiy ravişda körsatkiçlarni hamda 3 oylik (90 kunlik) kunlik va soatlik gaz sarfi hajmlarini saqlab boriş imkoniga ega. Turli sabablarga köra EGHUdagi gaz sarfi hajmlari ma’lumotlari öz vaqtida iste’molçi şaxsiy hisobraqamiga yuboriş imkoni bölmagan taqdirda, aniqlangan muammolar bartaraf etilganidan söng EGHU xotirasida ma’lumotlar qaysi kunga tegişli bölsa öşa kunga yönaltiriladi va mazkur davr böyiça hisob-kitob amalga oşiriladi», — deyiladi munosabatda.
«Hududgazta’minot» AJ iste’molçilardan vaqti-vaqti bilan EGHU va şaxsiy kabinetdagi körsatkiçlarni özaro soliştirişni tavsiya qiladi. Körsatkiçlar haqida «Hudud Gaz Ta’minot» mobil ilovasi orqali yoki şaxsiy kabinet orqali ma’lumot oliş mumkin. Agar EGHU va şaxsiy kabinetdagi körsatkiçlar farq qilsa, yoki hisobraqamingizdagi mablağlar özgarişsiz qolgani sezilsa, darhol 1104 qisqa raqamiga yoki mahalla gazçisiga murojaat qiliş lozimligi eslatib ötildi.
Eslatib ötamiz, prezident qarori bilan 2021 yil 1 avgustga qadar Özbekistonning barça hududlarida zamonaviy hisoblagiçlarni örnatgan holda gazni nazorat qiliş va hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimini joriy etişni yakunlaş topşirilgandi. Tender natijalariga köra, hisoblagiçlar va boşqa uskunalarni yetkazib beruvçi sifatida «Texnopark» MÇJ tanlangan











