Farğona tumani tarkibiga kiruvçi, atrofi Qirğizistonning Botken viloyati hududi bilan öralgan Yordon qişloğiga ham qiş öz hukmini ötkazdi. Uylarga peçka qurilgan, mörilardan tutun burqsiydi. Purviqor toğlar bağrida joylaşgan qişloq ahli çorvaçilik va dehqonçilik bilan maşğul. Har bir yordonlikning olma yoki yonğoq boği, qörasida eçkisi, qoramol va qöyi bor. Kun.uz muxbiri qişloqda yaşovçi 84 yoşli Rahmatillo ota Kengaşev oilasida bölib, ularning kunlik yumuşlari bilan tanişdi.
Rahmatillo ota Kengaşev turmuş örtoği Salimaxon aya Kengaşeva bilan 5 farzandni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazdi, ularni uyli-joyli qildi. Köp yillar kolxozda işlab hozirda keksalik gaştini surayotgan Salimaxon aya ötmişdagi xotiralarni yodga oldi:

“Mehnat bilan maşğul bölsangiz, tanangizda qon yuradi. Dangasalik kasallik çaqiradi. Turmuş örtoğimning yoşi 84 da, men esa 74 yoşman. Lekin hali ham tinmaymiz. Er-xotin ikkimiz farzandlarimning qarşiligiga qaramay uy yumuşlari bilan maşğulmiz.


40 yil kolxozda mehnat qildim. 10 yil Qirğizistonda yaşab, fermada işladim. U yerda mol va eçki boqib soğardim. Bu mehnatlar ortidan yomon bölganimiz yöq. Sigir va eçki sutidan qurt va saryoğ tayyorlab sotdik oila tebratiş uçun.

Kolxoz paytida asosan kartoşka va makkajöxori ekardik. 7 sotix kartoşka çopsak, 2,5 söm haq yozardi.

Turmuş örtoğim Şohimardon qişloğidagi sanatoriyada elektrik, kezi kelganda qorovul bölib işladi. Hozirda ikkimiz bir bölib 1,5 mln söm pensiya olamiz. Bu çol-kampirga yetadi. Toğ bağrida 80 sotix yerimiz bor, 80 tup örik ekkanmiz bu boğga. Tirikçilik şu boğdan: örik quritib sotamiz”, deydi Salimaxon aya.












