2024 yil 19 dekabr kuni Vaşingtonda Özbekiston va AQŞ örtasida mamlakatimizning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişi doirasida tovar va xizmatlar bozoriga kiriş töğrisidagi bayonnoma imzolangan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq, noyabr oyi boşida muzokaralar ötkaziş böyiça guruhlar tomonidan uşbu muhokamalarning yakunlanganligi e’lon qilingan edi.
Tegişli bayonnoma Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Jamşid Xöjayev va AQŞ Savdo vakili Ketri Tay tomonidan imzolandi.
Marosimda Özbekiston tomonidan prezidentning JST masalalari böyiça maxsus vakili Azizbek Örunov, elçi Furqat Sidiqov, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari Akram Aliyev hamda muzokaralar guruhi a’zolari iştirok etgan.
AQŞ tomonidan tadbirga Savdo vakilining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça örinbosari Brendon Linç, JST va köp tomonlama savdo masalalari böyiça örinbosari Nil Bek va bozorga kiriş boş muzokaraçisi Olga Lutçin qatnaşgan.
Tadbirda tomonlar erişilgan kelişuvlarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, muzokaralarning muvaffaqiyatli yakunlanişi ikki mamlakatning köp tomonlama savdo tizimi, adolatli va şaffof savdo qoidalarga asoslangan munosabatlarga sodiqligini qayd etgan.
Imzolaş marosimi yakunida tomonlar yana bir bor Özbekistonning JSTga a’zo böliş jarayonini tezlaştiriş, jumladan, köp tomonlama muzokaralar va qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş şartlarini muvofiqlaştiriş doirasida hamkorlikni jadallaştirişini tasdiqlagan.
Ta’kidlaş lozim, Özbekistonning JSTga a’zo böliş jarayoni doirasida AQŞ – bozorga kiriş böyiça ikki tomonlama muzokaralar yakunlangan 21-davlat bölgan edi.

















