Kun.uz ixtiyoriga Birlaşgan Arab Amirliklarida qölga olingan Özbekiston fuqarolariga doir qöşimça ma’lumotlar kelib tuşdi.
Avval xabar berilganidek, amirlik hududida isroillik ravvinni öldirişda gumonlanib 3 özbekistonlik qölga olinişi fonida, 25 noyabr kuni Dubayda bir joyda yaşab, turli işlarda işlagan bir guruh Özbekiston fuqarolari ham hibsga olingan. Ma’lum bölişiça, ularning soni 9 nafar emas, ança köproq.
Hozirgaça qölga olinganlardan 7 nafari qöyib yuborilgani ma’lum. Ulardan 4 nafarida BAA işçi vizasi bölgan, ular 25 noyabrdan 7 dekabrgaça uşlab turilgan. “Ularga yaxşi muomala qilişgan, jismoniy kuç işlatilmagan. Qöyib yuborilgaç, Özbekiston konsulligiga çaqirib, suhbat qilingan. Hozirda işlab yuribdi”, – dedi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda uşbu fuqarolardan birining akasi.
Qölga olinganlarning yana 3 nafari esa söroq qiliş jarayonlaridan keyin Özbekistonga majburiy qaytarib yuborilgan. Qaytarib yuborilgan fuqarolardan biri Dubayda qölga olinişi va 15 kundan ortiq uşlab turilişi doir tafsilotlarni Kun.uz'ga sözlab berdi.
“Öşa yahudiy rohibning öldirilgani haqida xabarlar tarqalgaç, biz ijarada turgan villa ustidan 3 kun davomida dronlar aylanib, bizni kuzatdi. Biz tuşunib turdik, nimadir bölişi mumkinligini. Lekin heç qayerga ketmadik, işlab yuraverdik.
Keyin keçasi vertolyotda qora kiyimda “omonçilar” keldi, lazerli qurollari bilan vahimali tarzda bizni bosib olib ketdi. Közimizni boğlaşdi, qayerga borganimizni ham bilmaymiz, davlat taşkilotimi yoki boşqa joymi…
U yerda 50 taça özbek va tojiklar bor edi. Birga yaşaydiganlardan boşqasini tanimadim. Dastlabki 3 kun davomida faqat tergov va söroq qilişdi. Öşa qotillik haqida gap bölmadi. Qayerda yaşagansan, nimalar qilasan, qiziqişing nima – şu kabi savollar berişdi. Telefonlarimizni tinmay titişdi. Jismoniy kuç yoki ruhiy bosim qilişmadi. Kim tergov qilganini ham bilmaymiz. Qaysi tilni bilasan, dedi, rusça va turkça desam, bittasi rusçada qiynalibroq, aksent bilan savol-javob qildi.
3 kundan keyin hamma alohida, qoronği kapsulada, faqat yeb-içib izolyatsiyada böldik. Heç narsa gapirişmadi ham, söraşmadi ham. Bir-birimiz bilan ham gaplaşolmadik. Dastlab işçi vizasi bölgan 4 kişini qöyib yubordi, ular Dubayda qolib işlayotganini keyin bildim. Biz 3 kişini esa közimizni boylab, kişanlarda samolyotgaça olib kelib, uyga qaytardi. Telefon va pasportimizni berdi. Qolgan narsalarimiz: pullar, kiyimlarimiz, mening "pravam" ham qolib ketdi. Deport urdimi yoki yöqmi, bilmayman. Agar biz aloqamiz yöq iş uçun şunçalik holatga tuşgan bölsak yoki deport bilan borolmasak, judayam adolatsizlik böladi”









