Unutilgan qahramon. Milliy ozodlik harakati rahbari Madaminbek kim edi?
|00:55 / 24.12.202428 12512 min
Rossiya mustamlakaçiligi özining behad zulmkorligi, qabohati bilan Turkiston xalqlari qalbida öçmas doğ qoldirgan. Yillar davomida mahalliy aholi zulm ostida uşlab turilgan, istiqlol va erk tuyğulari söndirilgan. Ammo yurtning jasur va mard öğlonlari bosqinçilar köziga tik boqib, ölka xalqlarining erki va ozodligi uçun kuraşgan. Ana şunday qahramonlardan biri – Madaminbek edi.
Madaminbekning asl ismi – Muhammad Aminbek. U 1892 yilda Marğilon yaqinidagi Sökçilik qişloğida tuğilgan. Otasi Ahmadbek hunarmandçilik bilan şuğullanib, katta savdo dökoniga ham egalik qilgan. Ahmadbekning ota-bobolari Qöqon xonligi davrida turli yuqori lavozimlarda işlagan.
Ayrim manbalarda Madaminbekning onasi öz hovlisida maktab oçib, otinoyi sifatida yoş qizlarni öqitgani haqida ma’lumotlar uçraydi. Madaminbekning Maqsudali va Mamadali ismli ikki akasi, Mehriniso va Mayramniso ismli ikki opasi ham bölgan. Bölajak qörboşi Marğilondagi maktab va mahalliy madrasani tugatgaç, tahsilni davom ettiriş uçun Buxoroga jönab ketadi.
Madaminbekning surgun qilinişi
Tarixçi Qahramon Rajabovning ma’lumotlariga köra, Madaminbek Birinçi jahon uruşi arafasida Rossiya imperiyasining mustamlakaçilik zulmiga qarşi Farğona vodiysida kötarilgan turli ğalayon va isyonlarda faol qatnaşgan. Şuning uçun ölkadagi rus politsiyasi uni 1914 yilda qamoqqa oladi. Sud Madaminbekning böyniga qilmagan jinoyatlari – qotillik va öğrilikni ham ilib, uni Sibirning Nerçinsk şahriga 14 yil muddatga surgun qiladi.
Şunday qilib, yoş Madaminbek hayotining uç yili dahşatli Sibir örmonlarida ötadi. Biroq bölajak qörboşi uçun bu yillar izsiz ketmadi. Aynan Sibirdagi oğir va maşaqqatli hayot uni kelgusi kuraşlar uçun çiniqtirib, yurt ozodligi uçun böladigan hayot-mamot janglariga tayyorlaydi. 1917 yildagi fevral inqilobidan keyin Madaminbek siyosiy mahbus sifatida ozod qilindi va u Marğilonga qaytib keldi.
Bolşeviklarga qarşi kuraşning boşlanişi
Surgundan qaytgan Madaminbek dastlab Marğilonda militsiya boşliği etib tayinlanadi. Ölka xalqlarining xohiş-irodasi sifatida vujudga kelgan Turkiston Muxtoriyatining qonga belanişi, yurt farzandlarining qirğin qilinişi, Qöqon şahri va uning atrofidagi qişloqlar aholisining ayovsiz talon-toroj qilinişi uning sabr-kosasini töldiradi.
1918 yilning mart oyi boşlarida Madaminbek öz militsionerlari bilan istiqlolçilar safiga ötadi. Keyinçalik u öz qarorini şunday izohlagan edi:
Mavzuga oid
“Dastlab şörolarga xayrixoh musulmon qöşinlarini qöllab-quvvatlaşni zarur deb hisobladim, ya’ni bolşeviklar hokimiyatini xalq uçun eng yaxşi va foydali deb öyladim. Lekin keyinçalik şuni angladimki, bolşeviklar faoliyati faqat boylar, dehqonlar va kambağallarni talaşdan iborat ekan. Şuning uçun ham men bolşeviklar xizmatini taşladim va Eski Marğilon hukumati qörboşiligidan ketdim”.
U Toşloq qasabasidagi Ğorbuvo qişloğini öziga qarorgoh qilib olib, qizil gvardiyaçilar bilan dastlabki janglarini boşlab yuboradi. Keyinçalik, Ğorbuvoni örinbosari Şermuhammadbek ixtiyoriga qoldirib, qarorgohini Baliqçiga köçiradi. Çunki bu hudud vodiyning tört yirik muzofoti – Qöqon, Namangan, Andijon, va Marğilon hududlari özaro tutaşgan, butun vodiyni nazorat qilib turiş mumkin bölgan, muhim strategik ahamiyatga ega joy edi. Tez orada Madaminbekning qöşini 4000 kişiga yetadi.
Laşkarboşi özining ösib borayotgan qöşinida beboşlik, talonçilik va boşqa salbiy holatlarning oldini oliş uçun qozi va muftiylar yordamida maxsus “Nizomnoma” tuzadi. U yangi qöşilgan har bir qörboşini uşbu “Nizomnoma” bilan taniştirib, unga amal qiliş uçun imzo qöydirib olgan. Afsuski, bu muhim hujjatning biror nusxasi arxivlarda ham, odamlar qölida ham saqlanib qolmagan.
Madaminbekning “Amir al-muslimin”ga aylanişi
Navqiron yoşda bölişiga qaramasdan yurt kezgan, harbiy sarkardalik iste’dodiga ega Madaminbek tez orada vodiy kuraşçilari sardoriga aylanadi.
Sovetlarning rasmiy hujjatlaridan birida ta’kidlanişiça, “öz oldiga sovet hokimiyatini ağdariş va Farğona muxtoriyatini tiklaş vazifasini qöygan” Madaminbek tadbirkor siyosatçi va uddaburon taşkilotçi fazilatlariga ega edi. “U bizning rahbarlik faoliyatimizda yöl qöygan xato va kamçiliklarimizdan ustalik bilan foydalanardi. Uning öz “boşqaruv” apparati, özining “tribunali”, özining “genştabi” bölgan. U qonunlar çiqargan”, deb e’tirof qiladi Madaminbekka qarşi kuraşgan Gramatoviç. Buni boşqa qizil qöşin boşliqlari ham tan olgan.
Madaminbek özining qattiqqöl siyosati, taşkilotçilik faoliyati va eng muhimi, ölkada keçayotgan ijtimoiy-siyosiy va harbiy vaziyatni töğri baholay olişi bilan ajralib turardi. Buning ustiga aniq vaziyatga muvofiq keladigan amaliy harakatlarni qöllay olişi, safdoşlariga öz ta’sirini ötkaza olişi ham uni köp ötmay butun Farğona jangovar kuraşçilarining nufuzli rahbariga aylantiradi. 1919 yilning örtalariga kelib uning yigitlari soni 25 ming kişidan oşadi.
Farğona, Marğilon, Andijon, Namangan, Öş kabi hududlarda harakat qilayotgan taniqli rahnamolar, ularning jangçilari Madaminbekning yaşil bayroği ostiga birlaşa boşlaydi.
Madaminbekning askarlari ayniqsa 1919 yilning birinçi yarmida sovet qöşinlariga qarşi bir qator sezilarli zarbalar beradi. Xususan, yanvarda Marğilon, fevralda Farğona va Çust şaharlarining Madaminbek tomonidan egallanişi va bir qator muhim amaliy tadbirlarning ötkazilişi uning obrösini yanada oşirib yubordi. 1919 yil aprel oyida uning askarlari Namangan va Qöqon şahri atroflaridagi janglarda ham ğolib böladi.
Madaminbek qöşinidagi yigitlar jasur va sodiq jangçilar bölsalar-da, ularning aksariyati umrida piçoq, ketmon va panşaxadan boşqa qurol işlatmagan, jang taktikasidan bexabar böz yigitlar edi. Mahalliy millat vakillari içida harbiy mutaxassislar deyarli yöqligi sababli, Madaminbek öylab-öylab sobiq rus podşohining armiyasi zobitlaridan foydalanişga qaror qiladi. Vodiyda bolşeviklar hokimiyatini tan olmagan, ularga qöşilmagani uçun ta’qibga uçragan rus harbiylari juda köp bölgan. Madaminbek ularning huzuriga odam yuborib, umumiy duşman, ya’ni bolşeviklarga qarşi birlaşişni taklif qiladi. Şundan söng, Monstrovning rus krestyanlari (dehqonlari)dan taşkil topgan ança ta’sirli harbiy qismlari Madaminbek kuçlari bilan birlaşadi. Bu otryad toğ şaroitida jang qilişga mohir yigitlardan iborat bölib, “Böri galasi” degan nom olgan edi.
Bunga qadar sovetlarga qarşi harakat saflarida yerli millat vakillari kuraşib kelayotgan bölsalar, endilikda ularga sovetlar siyosatidan keskin norozi bölgan rus dehqonlari ham qöşila boşlaydi. Bu özgariş 1919 yil oktyabrida Pomirning Ergaştom ovulida Madaminbek tarafdorlari taşabbusi bilan “Farğona muvaqqat muxtoriyat hukumati” tuzilişida ham öz ifodasini topgandi. Hukumat tarkibi 24 kişidan iborat bölib, uning 16 nafari mahalliy millat vakillaridan va 8 nafari ruslardan tarkib topadi. Farğona hukumati boşliği va musulmon qöşinlari boş qömondoni etib Madaminbek saylanadi.
1919 yilda Farğona vodiysida 150 taga yaqin musulmon jangovar qismlari faoliyat yuritgan bölib, ularni 4 nafar yirik laşkarboşi: Madaminbek, Katta Ergaş, Şermuhammadbek va Xolxöja eşon boşqargan. Xususan, Madaminbekning qöl ostida 30 mingga yaqin, Şermuhammadbekda 20 ming, Katta Ergaş qörboşida esa 8 ming jangovar qöşin bölgani ma’lum.
Tört qörboşi oktyabr oyi oxirida ular Andijonga yaqin Oyimqişloqda qurultoyga töplanib, öz qömondonliklarini birlaştirişga qaror qilişadi. Qurultoyda islom qöşinlarining boş qömondoni – “Amir al-muslimin” etib Madaminbek saylandi.
Lekin bu birlik amalda işlamaydi. Farğona vodiysidagi milliy-ozodlik harakatining dastlabki rahbarlaridan bölgan va harbiy qudrati zaiflaşgan Katta Ergaş örnigaMadaminbekning “Amir al-muslimin” etib saylanişi qisqa vaqt içida örtada nizo keltirib çiqaradi. Arazlagan Katta Ergaş qörboşi qurultoy qaroriga böysunmasligini e’lon qilib, öz holiça kuraşni davom ettirişni ma’qul köradi. Köp ötmay Xolxöja eşon ham öz kuçlarini ajratib, mustaqil faoliyat körsata boşlaydi.
Madaminbek harbiy va moddiy yordam sörab Buxoro amiri Said Olimxon va Xiva “xoni” Junaydxon bilan muzokaralar olib borgan. Afğoniston va Turkiyaga öz vakillarini jönatgan. Ammo heç qanday yordam ololmagan.
Skobelev bitimi va Madaminbekning öldirilişi
Sovet rejimi Turkistondagi milliy ozodlik harakatiga qarşi kuraşiş uçun Rossiya markazidan doimiy ravişda Turkistonga yangi-yangi qizil askar qismlarini taşlagan.
1920 yil boşiga kelib Farğona vodiysida jangovar taşabbus qizil armiya qöliga ötadi. Sovet qöşinlari Katta Ergaş, Madaminbek, Şermuhammadbek va Xolxöja kuçlariga sezilarli zarbalar beradi. Jumladan, 1920 yil yanvarida qizillar Katta Ergaş kuçlariga zarba berib, uning tayanç markazi Baçqirni egallaydi. Xuddi şu vaqtda sovet qöşini Monstrovning dehqonlar armiyasini tor-mor etib, Gulça qal’asini işğol qiladi. Ayni paytda qizillar Norin va Qoradaryoning qöşiliş joyida Madaminbek askarlariga qarşi muvaffaqiyatli jang qilib, unga katta talafot yetkazadi.
Tengsiz duşman bilan kuraşni davom ettirişning muşkulligi, oddiy xalq hayotining noçorlaşib borayotgani ayrim kuraş rahnamolarini faol harakatlarni vaqtinça töxtatib, boşqaça yöl izlaşga, sovet tomoni bilan özaro kelişuvlarga undadi.
Ayyor sovet hukumati taklifiga köra, 1920 yil 6 mart kuni Madaminbek va Veryovkin-Raxalskiy örtasida Skobelev şahrida yaraş bitimi imzolandi. Bu sulh şartlariga asosan, Madaminbek öz harakatlarini töxtatdi. Uning 1200 nafardan ziyod askar yigitlarining daxlsizligi, öz qurol-yaroğlariga ega bölişi, kerak bölganda ularning vodiyda tinçlik, barqarorlik örnatişda öz rahnamosi yetakçiligida faol iştirok etişi közda tutilgan edi.
Qörboşining keyingi taqdiri haqida turli manbalarda bir-birini inkor etuvçi ma’lumotlar uçraydi. Xususan, sovet davrida yozilgan kitoblarda Madaminbek muzokara ötkaziş uçun borgan çoğida Şermuhammadbekning buyruği bilan Xolxöja tomonidan sotqinlikda ayblanib otib taşlangani keltirilgan. Turk tarixçisi Ali Bodomçi özining ikki jildlik “Qörboşilar” asarida Madaminbekning öldirilişini sovetlar uyuştirganini keltirib, qotillik ruslarga sotilgan Soyib qori va Lutfullo maxdum tomonidan amalga oşirilganini yozgan.
Garçand Farğonada sovetlarga qarşilik undan keyin ham yangi-yangi kuçlar bilan turli tarzda davom etgan bölsa-da, kuraş avvalgidek keng qamrovli jangovar, hujumkor yönaliş kasb etolmagan.
Manbalarga köra, Madaminbekning ölimidan keyin, unga hurmati baland bölgan qirğizlar qörboşining tanasidan judo qilingan boşini sovetlardan sotib olib, uni izzat-ikrom bilan dafn qilişgan. Uning qabri hozirgi Qirğizistonning Şiğay qişloğida.
Madaminbekning sovet davrida uzoq vaqt qarovsiz qolgan qabrini 1994-1996 yillarda hofiz Dadaxon Hasanov boşçiligidagi bir guruh farğonaliklar ziyorat qilib, atrofiga panjara va qabrtoş örnatişgan.
Qabrtoşga quyidagi sözlar yozilgan:
Turing begim, gunohlarni yuvaylik,
Bosqinçini Ona yurtdan quvaylik!
2018 yilda yozuvçi Baxtiyor Abduğofurning qörboşi haqida “Qonli gullar vodiysi: Madaminbek” romani naşr etildi. Asarda Muhammad Aminbekning hayot yöli töliq oçib berilgan.