Chiqindidan qarzni to‘lash uchun fuqarolarga 5 kun muddat beriladi
Shundan so‘ng qarzdorlik bartaraf etilmaganda elektr energiyasi uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklashga qaratilgan huquqiy normalar tatbiq etiladi.

Qonunchilik palatasi 24 dekabrdagi majlisida chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida yangi to‘lov mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.
17 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi iste’molchilar huquqlariga rioya etish kafolatlarini to‘la mustahkamlagan holda ikkinchi o‘qishda tubdan qayta ishlash sharti bilan birinchi o‘qishda qabul qilingandi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida tegishli vazirlik va idoralar vakillari, huquqshunos va ekspertlar ishtirokida o‘tkazilgan ishchi guruh yig‘ilishlarida ushbu qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilinib, unga kiritilayotgan har bir norma deputatlar tomonidan chuqur tahlil qilindi. Qonun loyihasi inson manfaati hamma narsadan ustun tamoyili asosida takomillashtirildi.
Mazkur qonun loyihasida iste’molchiga chiqindi xizmati uchun qarzdorlikni bartaraf etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlardan qarzdorligi yuzasidan qisqa xabar (SMS) orqali iste’molchi xabardor qilingandan keyin besh kunlik muddat berilishi belgilandi. Shundan so‘ng qarzdorlik bartaraf etilmaganda elektr energiyasi uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklashga qaratilgan huquqiy normalar tatbiq etiladi.
Ushbu qonun loyihasida iste’molchilar huquqlariga rioya etish kafolatlari to‘la mustahkamlanib, maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishga ixtisoslashgan tashkilotlar to‘lovlarning haqqoniy va to‘g‘ri hisoblanishi uchun javobgar bo‘lishi, mazkur talablar buzilgan hollarda iste’molchiga yetkazilgan zarar qoplanishi belgilab qo‘yildi.
Deputatlaring ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov mexanizmlarini takomillashtirishga, chiqindi xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushida Bayden, Zelenskiy va Putinni aybladi
Jahon | 00:35
-
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi
Jahon | 00:15
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
-
Leapmotor importiga ruxsat berildi, lekin shartlari bor
Iqtisodiyot | 22:54 / 14.04.2025
Mavzuga oid

11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi

23:07 / 02.04.2025
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi

15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi

09:41 / 26.03.2025