Qonun bilan «2024 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi qonunga özgartirişlar kiritildi.
Unga köra, Qonunga ayrim toifadagi bemorlarga dori vositalarini bepul taqdim etiş, madaniyat va san’atni rivojlantiriş, Milliy futbol markazini taşkil etiş, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş, innovatsion sanoat zonalarini barpo etiş, şuningdek innovatsion va yuqori texnologiyali sanoat mahsulotlari işlab çiqarilişini yölga qöyiş uçun mablağlar ajratilişini nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritildi.
Bundan taşqari Vazirlar Mahkamasining zaxira jamğarmasi hajmi, Özbekiston nomidan va kafolati asosida olinadigan davlat qarzining çeklangan hajmi oşirilmoqda.
Davlat budjetidan davlat maqsadli jamğarmalariga ajratiladigan transfertlar miqdorlari, uşbu jamğarmalarning daromadlari hamda xarajatlari özgartiriladi.
Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda topşiriqlariga muvofiq mablağlarning bir qismini maqbullaştiriş va ularni qöşimça xarajatlarga yönaltiriş nazarda tutilmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.












