Özbekiston aholisi yaqin yillarda 40 millionga yetadi. Bunday jadal ösiş albatta quvonarli, lekin aholisi hatto 100 milliondan köproq kambağal mamlakatlar ham borligini hisobga olsak, demografik ösişdan möjiza kutiş yaramasligi oydinlaşadi. Kun.uz qator soha mutaxassislaridan bu haqdagi fikrlarini söradi.

Ularning sözlariga köra, aholi köpayişi bilan inson kapitali ham albatta ösişi kerak. Davlat siyosati töğri yuritilmasa, aholi soni oşişi bilan Özbekistonning işçi kuçi eksporti oşib boraveradi xolos.

Özbekiston aholi soni böyiça global reytingda 43-örinda turibdi. Reytingda özimizdan yuqoriga nazar taşlasak, Afğoniston (42 mln), Pokiston (241 mln), Nigeriya (224 mln), Bangladeş (170 mln), Efiopiya (109 mln), Kongo Demokratik Respublikasi (105 mln) kabilarga közimiz tuşadi: bu mamlakatlar aholisi sezilarli köp, lekin iqtisodiy taraqqiyotining holatiga havas qilib bölmaydi.

Masalan, eng köp aholiga ega davlatlar öntaligiga kiruvçi Nigeriyani olaylik. 232 milliondan oşiq aholiga ega bu davlat, afsuski, kambağal. Nigeriya neftga boy bölsa-da, YaIMdagi neftning uluşi 9 foizdan oşmaydi. Aholi tirikçilik uçun qişloq xöjaligi bilan band, lekin qişloq xöjaligidagi daromad ham aholi umumiy soni oşişiga mos emas. Bir vaqtlar bu davlat oziq-ovqat eksportçisi bölgan, hozir esa öz ehtiyojlaridan kelib çiqib, import qilişga majbur.

Aholi soni bilan birinçi öntalikni yakunlaydigan Efiopiya ham kambağal davlat. 132 milliondan oşiq aholiga ega mamlakat yalpi içki mahsuloti 145 mlrd dollar. Xorijdan qariyb 30 mlrd dollar qarz olingan, davlat 2025 yilda örta daromadli iqtisodga aylanişni umid qilmoqda.

Demografik ösişning nafaqat sur’ati, balki sifati ham muhim 

Aholi sonining köp bölişi yaxşi, lekin bu ijobiy ahamiyat kasb etişi uçun töğirlanişi kerak bölgan jihatlar va qilinişi lozim bölgan vazifalar bor, deydi iqtisodçi Şuhrat Rasul.

“Iqtisod fani mantiği böyiça aholi sonining oşişi davlat iqtisodi rivojiga olib kelişi kerak. Çunki bu mehnat resurslari, işlab çiqaruvçilar, tovar va xizmatlar hamda iste’molçilarning köpayişi degani. Aslida iqtisodning asosi ham – tovar va xizmatlar iste’moli degani. Zamonaviy dunyoda qança iste’molçi köpaysa, iqtisod rivojlanişi kerak.

Lekin demografik ösiş doim ham iqtisodiy ösişga olib kelmaydi. Qaçonki u sifatli bölsa, şunda taraqqiyotga olib kelişi mumkin. Davlat elitasi mas’uliyatsiz bölsa, bozor iqtisodi qonunlari bilan hisoblaşmasa, elita xalqqa qayişmasa – heç qanday rivojlaniş bölmaydi. Aholining özinigina köpaytirib qöymaslik kerak. Odamlar iqtisodiy resursga aylanişi uçun ularni sifatli uy, ta’lim, tibbiyot, sifatli içimlik suv va havo, energetik resurslar bilan ta’minlaş kerak”, deydi u.

Aholi köpayişida örta qatlamning mustahkamlanişi muhim

Davlatlarning geosiyosiy qudrat parametrini belgilaydigan vositalardan biri bu – aholi. Çunki kam sonli aholi bilan katta iqtisodiy qudratga ega böliş imkonsiz. Lekin şu aholi salohiyatli bölişi ham talab etiladi. Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovning ta’kidlaşiça, kiçkina va aholisi kam davlat – qudratli bölolmaydi.

“Iqtisodiy qudrat bilan aholining köpligi orasida doimiy uzviy boğliqlik bor. Kam aholi bilan buyuk iqtisodiy qudratga ega böliş imkonsiz. Amalda Özbekiston bugun MDHda aholisi soni böyiça 2-örinda. Aholining ösiş salmoğiga köra ham Özbekiston bu makonda lider. Agar aholi sifatsiz össa, bu doim salbiy. Lekin ösayotgan aholi öta boy yoki öta kambağal bölmay, örta qatlam vakillari sanalsa, bu juda yaxşi. Çunki aholi köpligi davlat va jamiyatning energiyasi yuqoriligini anglatadi. Iqtisodiy, siyosiy va ma’muriy islohotlar töğri olib borilsa, jamiyatda aholining kambağal va qaşşoq qismi kamayib borsa, demografik ösiş – iqtisodiy qudratga sabab böladi”, – deydi siyosatşunos.

Aholi sonining oşişi öz navbatida yaşaş uçun birlamçi infratuzilmani ham talab qiladi. Avvalo, uy-joy, oziq-ovqat, iş örinlari, sifatli soğliqni saqlaş tizimi, ta’lim tizimi, moliyaviy barqarorlikni ta’minlaş – bularning hammasi davlat rivojlanganlik holatiga ta’sir qiladi. 2030 yilga borib, 40 milliondan oşadigan aholi haqida hozirdanoq faxr bilan gapirilar ekan, masalaning biz aytayotgan ikkinçi tomonini ham hozirdan öylaş kerak böladi. 

Mutaxassislar fikri bilan töliq holda videomaterial orqali tanişişingiz mumkin.

Şohrux Majidzoda tayyorladi.