Rossiyaning Vladimir oblasti Gus-Xrustalniy şahrida erkak mahalliy harbiy komissarlik binosiga maşinada borib urilib, maşinani yoqib yubordi, deb xabar berdi 25 dekabr, çorşanba kuni keçqurun şahar meri Aleksey Sokolov Telegramʼda. U voqeada Ukraina vakillarini aybladi. «Ukrainalik firibgarlarning yana bir jabrdiydasi avvaliga darvozaga kelib urildi, söng binoning asosiy kiriş eşigiga töqnaşdi, keyin u maşinani yoqib yubordi», — deyiladi mahalliy rahbar bayonotida.
Sokolovning aniqlik kiritişiça, yonğin öçirilgan, gumonlanuvçi qölga olingan va politsiyaga körsatma bermoqda. Şahar meri aholini «barça qönğiroq va xabarlarga e’tiborli bölişga» çaqirdi, «ularning mazmuni suhbatdoşning körsatmalariga binoan har qanday noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oşirişni talab qilişdan iborat bölişi mumkinligini» bildirdi va buning uçun «20 yilgaça qamoq jazosi kutayotganini» eslatdi.
«Mediazona»: RFda uruş boşlanganidan beri eng köp öt qöyiş holatlari kuzatilmoqda
«Mediazona»ning 24 dekabr kungi hisob-kitoblariga köra, 13 dekabrdan beri Rossiyada telefon firibgarlari ta’sirida kamida 50 ta öt qöyiş hodisasi sodir bölgan. Jurnalistlarga köra, bu Ukrainada uruş boşlanganidan beri sodir bölgan eng yirik hujumlar tölqinidir.
Hujumlarning aksariyati 20 va 21 dekabr kunlari sodir etilgan, deyiladi hisobotda. Rossiya Federatsiyasi hududidagi banklar, politsiya maşinalari, poçta bölimlari, MFs filiallari va boşqa obektlarga hujum qilindi. Uşbu tölqin paytida öt qöyiş uçun hibsga olingan kamida olti kişi terrorizmda ayblangan. Jurnalistlarning qayd etişiça, ulardan yana 11 nafari mulkka qasddan zarar yetkazganlikda ayblanmoqda.
Hujumlarning asosiy qismi Moskva, Moskva oblasti, Sankt-Peterburg va Leningrad oblastida sodir bölgan. U yerda 13 dekabrdan beri jami öttizta hujum uyuştirilgan.












