O‘zbekiston va Makao o‘rtasida vizasiz tartib o‘rnatish masalasi muhokama qilinmoqda
O‘zbekiston diplomatlari Xitoyning Makao maxsus ma’muriy hududi hukumatining Pekindagi vakolatxonasi vakillari bilan muzokara o‘tkazdilar.

Foto: Dunyo
Vakolatxonaning Immigratsiya ishlari bo‘yicha rahbari Shu Vengan bilan konsullik–huquqiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikka oid masalalar, Makaoning migratsiya qoidalari, shuningdek, joriy yil 3 dekabr kuni start berilgan "Xitoyda O‘zbekiston turizm yili" doirasida ikki tomonlama sayyohlik almashinuvini rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, muzokaralar chog‘ida, Makao maxsus ma’muriy hududining viza siyosati, tomonlar fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda O‘zbekiston – Makao o‘rtasidagi sohaga oid me’yoriy-huquqiy bazani kengaytirish masalalari ko‘tarildi.
Makao tomoniga so‘nggi yillarda dunyoning boshqa mamlakatlari bilan vizalarni liberallashtirish borasida O‘zbekistonning erishgan ijobiy natijalar haqida atroflicha so‘zlab berildi.
Xususan, 2021 yil 1 martdan boshlab O‘zbekistonda xitoyliklar, shu jumladan, Xitoyning maxsus ma’muriy hududlari bo‘lgan Hongkong va Makao fuqarolari uchun 10 kungacha vizasiz rejim amal qilib kelayotganligi ta’kidlandi. Shuningdek, joriy yil 1 dekabr kuni Chendu shahrida "Xitoy hukumati bilan O‘zbekiston hukumati o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risida"gi bitim imzolanganligi ma’lum qilinib, ayni vaqtda mazkur hujjat kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki huquqiy protseduralaridan o‘tkazilayotganligi qayd etildi.
Shu o‘rinda, o‘zbek tomoni o‘z fuqarolari uchun Makao maxsus ma’muriy hududi bilan viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risida kelishuvga erishishni maqsad qilgani yetkazilib, vizasiz rejimni o‘rnatish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi.
Makao tomoni ham O‘zbekiston bilan barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, amaliy natijadorlikni oshirish, xususan, o‘zaro fuqarolar almashinuvini kengaytirish va turizm sohasini izchil rivojlantirishdan birdek manfaatdor ekanligini qayd etdi.
Sohaga oid oldinda turgan masalalarni birgalikda hal etish borasida hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi
Jahon | 13:33
-
Apple AQSh bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi
Jahon | 13:32
-
Afg‘oniston «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘li bo‘yicha O‘zbekiston bilan shartnomani uzaytirdi
O‘zbekiston | 12:35
-
Bayram tugadi, endi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish kerak – Ermatov o‘smirlarni akalarining xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi
Sport | 12:23
Mavzuga oid

08:10 / 19.04.2025
O‘zbekiston va Janubiy Koreya viza talablarini soddalashtirish masalasini muhokama qilmoqda

23:47 / 18.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi

16:56 / 15.04.2025
Turkmanistonda xorijliklarning kirishini soddalashtirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanmoqda

12:52 / 08.04.2025