Qibrayda Qozog‘istondan tortilgan yashirin yerosti quvuri aniqlandi
Jami uzunligi qariyb 1 km bo‘lgan yashirin quvur orqali Qozog‘istondan O‘zbekistonga benzin kontrabandasi amalga oshirib kelingan.

Foto: Bojxona qo‘mitasi
Qibray tumanida Qozog‘istondan O‘zbekiston hududiga tortilgan yashirin quvur aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 26 dekabr kuni Bojxona qo‘mitasi va uning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan O‘zbekiston va Qozog‘istonning tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda transchegaraviy jinoiy guruh fosh qilingan. Ushbu guruh Qozog‘istondan O‘zbekistonga noqonuniy yo‘llar bilan yonilg‘i (benzin) mahsulotlarini olib o‘tish bilan shug‘ullangan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan qoramol fermasi ko‘zdan kechirilgan. Jarayonda Qozog‘iston hududidan O‘zbekiston hududiga yonilg‘i mahsulotlarini noqonuniy o‘tkazishga mo‘ljallangan, O‘zbekiston tomondagi qismi taxminan 500 metr uzunlikda bo‘lgan yashirin quvur borligi aniqlangan.
Hozirda holatga aloqador bo‘lgan shaxslar bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Qozog‘istonning Turkiston viloyati prokuraturasi matbuot xizmatiga ko‘ra, yashirin quvurning Qozog‘iston tomondagi qismi 450 metr bo‘lgan va u orqali har kuni 5-7 tonna yoqilg‘i-moylash materiallari yashirincha tashilgan.
Oldinroq Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida 310 metrli noqonuniy tunnel aniqlangandi. O‘shanda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Hindistondan Qozog‘iston orqali mamlakatga katta miqdorda sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy o‘tkazish bilan shug‘ullangan transchegaraviy jinoiy guruh faoliyati fosh etilgan.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urushni muzlatmoqchi bo‘layotgan Putin va Trampga qarshi chiqqan AQSh universitetlari - kun dayjesti
Jahon | 14:20
-
Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha Ukraina va Rossiyaga nima taklif qilingani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:52
-
Vladimir oblastidagi harbiy bazada portlash. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:48
-
Rossiya droni Ukrainadagi avtobusga urildi, ko‘plab qurbonlar bor
Jahon | 11:23
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025