Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transportda yo‘lovchi tashish xizmatlari sifati baholanadi
Hukumat qarori bilan avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini baholash metodikasi tasdiqlandi.
Metodika quyidagilarni nazarda tutadi:
- hududlarning jamoat transporti bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘rsatkichlarini belgilash;
- hududlarning jamoat transporti bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash;
- avtotransportda yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini baholash;
- avtotransportda yo‘lovchi tashish xizmatlari sifati bo‘yicha hududlarning reytinglarini belgilash.
Shuningdek:
- ikki yilda bir marta 1 fevralgacha Transport vazirligi tomonidan avtotransportda yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini baholash dasturi tasdiqlanadi;
- avtotransportda yo‘lovchi tashish xizmatlari sifati bo‘yicha hududlarning reytinglari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KRI)ni aniqlashda hisobga olinadi.
Transport vazirligi:
- 2025 yil 1 noyabrgacha joylardagi hokimliklar bilan birgalikda shaharlarning avtotransportda yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini baholaydi;
- 2025 yil 10 noyabrgacha baholash natijalariga ko‘ra aholiga transport xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha respublika shaharlarining reytingi e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
08:47 / 19.03.2026
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tartibi belgilanmoqda
18:19 / 06.02.2026
Bir yilda 15 mingdan ziyod taksichi 100 mln so‘mdan ortiq daromad oldi
17:11 / 01.08.2025
O‘zbekistonda ko‘chmas mulkning bozor qiymatini aniqlash tizimiga o‘tiladi
07:50 / 19.07.2025