Toşkentda Özbekiston va Misr örtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantiriş böyiça hukumatlararo komissiyaning 7-yiğilişi bölib ötdi, deb xabar qildi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.

Majlis 2009 yildagi sönggi tadbirdan keyin 15 yil içida birinçi marta ötkazildi. Delegatsiyaga Özbekiston tomonidan investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Misr tomonidan esa rejalaştiriş, iqtisodiy rivojlaniş va xalqaro hamkorlik vaziri Raniya al-Maşat boşçilik qildi.

Özbekiston investitsiyalar vaziri tösiqlarni bartaraf etiş orqali yaqin yillarda Misr bilan savdo aloqalarini çuqurlaştirişga tayyorligini bildirdi. Şuningdek, u Özbekistonning Qohiradagi Xalqaro kitob yarmarkasiga taklif etilgani uçun minnatdorlik bildirdi.

Laziz Qudratov Özbekiston Misr kompaniyalarining 2025 yilda ötkaziladigan körgazmalarda iştirok etişidan, şuningdek, kiçik va örta biznes örtasidagi hamkorlikni soddalaştiriş uçun raqamli savdo platformalarini yaratişdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Şuningdek, u xususiy sektorni mustahkamlaş uçun Özbekiston-Misr işbilarmonlar kengaşini tuziş ğoyasini qöllab-quvvatladi.

Sessiya yakunida tomonlar bir neçta anglaşuv memorandumlari va bitimlarini imzoladi:

  • Özbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi bilan Misr Atrof-muhit vazirligi örtasida atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi texnik hamkorlik böyiça;
  • Ayn-Şams universiteti va Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti örtasida;
  • Misr qadimiy yodgorliklari oliy kengaşi va Özbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi örtasida;
  • Özbekistonning Samarqand viloyati bilan Misrning Aleksandriya provinsiyasi örtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlaş uçun;
  • Farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş agentligi va ACDIMA kompaniyasi örtasida.