Respublika oliy ta’lim kengaşining 2024 yilning 29 noyabr kuni tasdiqlangan bayonnomasida nodavlat oliygohlar kontraktidan tuşadigan mablağning 4 foizini Oliy ta’lim kengaşiga ötkaziş taklif qilingani töğrisida xabar berilgandi. Huquqşunoslar nodavlat OTMlar buni tölaşga majbur emasligini ma’lum qildi. ÖzLiDePdan Dilmurod Ortiqov holat böyiça oliy ta’lim vaziri va boş prokurorga deputatlik sörovi yubordi.

Vazirlik munosabatida aytilişiça, Respublika oliy ta’lim kengaşi nodavlat notijorati taşkiloti sifatida faoliyat yuritib, davlat funksiyalarini amalga oşirmaydi va qarorlari majburiy kuçga ega emas. U öz faoliyatida Özbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga amal qiladi hamda faqat tavsiyaviy xarakterga ega takliflar işlab çiqadi.

Kengaşning asosiy faoliyat yönalişlari ilğor xorijiy tajribani örganiş asosida respublika oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillaştiriş böyiça takliflar tayyorlaş, ta’lim sifatini ta’minlaş yuzasidan ta’sirçan jamoatçilik nazoratini örnatiş, oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlaş, qayta tayyorlaş, malakasini oşiriş va ularning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantiriş yuzasidan tavsiyalar işlab çiqiş, oliy ta’lim muassasalarining milliy va xalqaro reyting körsatkiçlarini muntazam tahlil qilib boriş va ularni xalqaro reytinglarga kirişiga kömaklaşiş va boşqalar hisoblanadi.

Ta’kidlanişiça, muhokamaga sabab bölgan nodavlat oliy ta’lim taşkilotlarida tölov-kontrakt şaklidagi öqitişdan tuşadigan mablağlarning 4 foizini oliy ta’lim muassasalarini rivojlantiriş jamğarmasiga yönaltiriş majburiyati közda tutilmagan. 

«Har qanday mablağ bilan boğliq harakatlar va munosabatlar tegişli şartnomalar asosida amalga oşirilişi mumkin. Bunda Özbekiston Respublikasi fuqarolik qonunçiligi şartnoma erkinligini kafolatlaydi. Kengaş doirasida yoki qonunçilikka muvofiq bunday munosabatlarni majburlaş uçun mexanizmlar mavjud emas. Şu bois, har qanday moliyaviy va huquqiy harakatlar tomonlarning ixtiyoriy kelişuvlari asosida amalga oşirilişi tabiiy holatdir», — deya qayd etiladi munosabatda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kengaş tomonidan qabul qilingan qarorlarni nodavlat notijorat taşkilotning içki işi sifatida baholaydi.

Şuningdek, vazirlik har qanday moliyaviy harakatlar yoki manfaatlar poymol etilişi holatlari böyiça murojaatlar qabul qilişga va ularni belgilangan tartibda körib çiqişga tayyorligini bildirgan.