Rossiyaning Saratov oblastida migrantlarga şifokor, öqituvçi va amaldor bölib işlaş taqiqlandi.

Patent böyiça işlayotgan çet elliklarga nisbatan bu taqiq 2025 yilda kuçga kiradi, deb xabar berdi Saratov oblasti ma’muriyati. Avvaldan mavjud çeklovlar kengaytirilib, ta’lim va soğliqni saqlaş, şuningdek, davlat idoralaridagi işlarni ham qamrab oldi.

Noyabr oyida Saratov ma’muriyati 2025 yildan boşlab migrantlarga kuriyer bölib işlaşni taqiqladi. Bungaça ularga umumiy ovqatlaniş, taksi va jamoat transportida işlaş taqiqlangan edi.

Bundan taşqari, bir neça yillar davomida Saratov oblastida migrantlarni tekşira oladigan tibbiyot muassasalari soni uç baravar 60 tadan 20 taga qisqardi.