Rossiyadagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi yiğilişida sizga aytmasak bölmaydigan qiziq iş böldi. Yöq, bu gal Imomali Rahmon «bizni ikkinçi sort odam deb hisoblayapsan» qabilida gapirib, Putinni tuzlagani yöq. Bu safar Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko va Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan diplomatçasiga urişib qolişdi.

Lukaşenko nima dedi?

Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko dösti Putinga yaxşi körinişni istagan şekilli, Paşinyan Peterburgga kelmaganiga e’tiroz bildirdi. Hatto Paşinyanning ustidan kulişga urindi. Yiğilişda Nikol Paşinyan videoformatda qatnaşayotgandi.

«Rais sifatida istagan bölardimki, hamkorlarimizga bizning ittifoqimiz qiziq bölsa, ular televizor orqali biz bilan qanday hamkorlik qilişini aytişini emas, özi kelib qatnaşişini. Nikol Ivanoviç, bu gapimning sizga aloqasi yöq. Xabarim bor, siz soqolingizni oldirganingizdan taşqari biroz betobsiz. Şu uçun sizni yoş, taşqi hamkorimiz deb qabul qilaman», deb televizor orqali yiğilişda qatnaşayotgan yagona iştirokçi Paşinyanning ustidan kuldi Lukaşenko.

Armaniston boş vaziri esa Lukaşenkoning gapidan jahli çiqib, Minskda ötadigan keyingi yiğilişga ham bormasligini, Armaniston delegatsiyasi ham unda videoformatda qatnaşişini aytdi. Şunda Lukaşenko nima muammo, odamlaringizni olib borolmasangiz, biz buni taşkil qilişimiz mumkin yoki Minsk sizga şunçalik uzoqmi, deb dahanaki jangga kirişdi. Paşinyan esa bunaqa gaplarni videoformatda gaplaşsa ham böladi deb javob qaytardi.

Bu dahanaki jangda oxirgi nuqtani ham Nikol Paşinyan qöydi. Uning gapiga bir neça soniya heç kim javob bermagaç, «U yerdagi televizorda muammo bor şekilli», dedi Armaniston boş vaziri.

Gap nimada özi?

Lukaşenko bejizga Paşinyanga bunaqa duel taklif qilmadi. Gap şundaki, Oliy Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi yiğilişi Yerevanda ötişi kerak edi. Ammo Armaniston uni özida qabul qilmasligini bildirdi. Buni iştirokçi davlatlarning hammasi ham Armaniston uçun xuşlangan mamlakatlar emasligi bilan izohladi.

Keyin Paşinyan Peterburgdagi yiğilişga ham bormasligi, yiğilişda onlayn qatnaşişini aytdi. Rossiyaga bormaslikka koronavirusga çalinib qolganini bahona qildi. Köpçilik Paşinyan koronavirusni aynan Rossiyaga bormaslik uçun bahona sifatida öylab topdi degan xulosaga keldi. Lukaşenko ham şunga işora qildi.