Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasining Farğona – Moskva yönalişi böyiça SU1971 reysini amalga oşirayotgan samolyot Toşkent aeroportiga favqulodda qönişni amalga oşirdi. Bunga yölovçilardan birining soğliği yomonlaşgani sabab bölgan. Ekipaj muqobil aerodromga borişga qaror qildi.
Boeing 737 samolyoti mahalliy vaqt bilan 22:11 da poytaxtga kelib qöndi. Samolyotdan yölovçi (1954 yilda tuğilgan ayol) va uning yuklari tuşirilgaç yölovçi insult gumoni bilan Toşkentdagi tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizildi.
Samolyot Toşkent vaqti bilan soat 23:02 da Moskvaga uçdi.












