Gurjistonda 2025 yil 1 yanvardan majburiy harbiy xizmatga çaqiruv böyiça yangi qoidalar kuçga kirdi. Endi muddatli harbiy xizmatga çaqiruv «Milliy majburiy harbiy xizmat» deb ataladigan harbiy xizmat uçun amalga oşiriladi.
Gurjiston OAVga köra, çaqiriluvlar 18 yoşdan 27 yoşgaça bölgan, harbiy hisobda turgan fuqarolar uçun tasodifiy tanlov asosida amalga oşiriladi.
Muddatli xizmat uçun pul tölanadi, şuningdek, ta’til va dam oliş kunlari beriladi. Şu bilan birga, çaqiriluvçi xizmatning öziga ma’qul bölgan uçta variantidan birini tanlaşi mumkin böladi: jangovar bölinmada xizmat — olti oy muddatga; qöriqlaş va ta’minot bölinmalarida xizmat — sakkiz oy; kiçik komandirlik unvonini oliş va ma’lum mutaxassislik uçun xizmat — 11 oy.
Çaqiruvlar yil davomida bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Xususan, jangovar bölinmalar uçun çaqiruv 15 apreldan boşlanadi.
Qöriqlaş va ta’minot bölinmalari uçun xizmatga çaqiruv tört bosqiçda ötkaziladi: 15 mart, 1 iyun, 15 avgust va 1 noyabrdan.
Kiçik komandirlik unvoni va ma’lum mutaxassislikka ega böliş uçun çaqiruvlar esa 15 oktyabrdan boşlanişi belgilangan.
Avgust oyida Xorvatiya 2025 yil 1 yanvardan majburiy harbiy xizmatni qaytarişi ma’lum bölgandi. Harbiy xizmat muddati — ikki oy. Uşbu qaror Rossiyaning Ukrainaga qarşi bosqini fonida Yevropada keskinlik oşgani sabab qabul qilingan. Şuningdek, Yevropaning boşqa davlatlari ham muddatli harbiy xizmatni qaytariş masalasini körib çiqmoqda, ayrimlari esa bunday çoralarni körişga ulgurdi. Xususan, 2023 yilda Latviyada muddatli harbiy xizmat yana yölga qöyildi. Harbiy xizmat majburiy bölgan Norvegiyada esa qöşimça 20 ming askar va zaxiradagi harbiy xizmatçilar uçun reja işlab çiqildi.












