Buxoro viloyatida 12 yoşli qiz homilador bölgan. Bu haqida Kun.uz manbasi xabar bermoqda. U şahar perinatal markaziga olib borilgan. Manbaga köra, qizning homilasi 4 oylik.

Bolalar ombudsmani holat böyiça jinoyat işi qözğatilib, tergov olib borilyotgani, qöşimça ma’lumot berilişini ma’lum qildi Kun.uz muxbiriga.

Eslatib ötamiz, 2021 yilda Samarqandda 13 yoşli maktab öquvçisi 25 haftalik homilador ekani aniqlangandi. Qizning nomusiga tegib kelgan va uning homilador bölişiga sabab bölgan erkak 12 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosini olgandi.

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi 2023 yil ötkazgan matbuot anjumanida yilning dastlabki 6 oyi davomida 6 nafar maktab öquvçisida erta homiladorlik aniqlanganini ma’lum qilgandi.