Fransiyaning Arl şahridagi Buş-dyu-Ron markaziy qamoqxonasida mahbus bir neça kişini garovga oldi, deb xabar beradi Liberation.

Ma’lumotlarga köra, jami beş kişi garovga olingan: tört nafar tibbiyot xodimi va bir nafar qamoqxona işçisi. Keyinroq şifokorlardan biri qöyib yuborilgan va tört kişi garovda qolgan.

Garovga olinganlar haqida Fransiya adliya vaziri Jyerald Darmanen ham ma’lum qildi. Ikki soat ötgaç, u mahbus taslim bölgani va hibsga olingani, jabrlanganlar yöqligi haqida X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasiga yozib qoldirdi. Köngilsiz voqeaning tafsilotlari hozirça ma’lum emas.

AFP ma’lumotlariga köra, mahbuslarning yonida ötkir tiğli qölbola jism bölgan. Şuningdek, agentlikning ma’lum qilişiça, 37 yoşli mahbus ruhiy buzilişdan aziyat çekib keladi. RTL’ning yozişiça, u qurol qöllagan holda zörlaş jinoyatini sodir etgani uçun jazo muddatini ötayotgan bölgan.

Eslatib ötamiz, oktyabr oxirlarida Rossiyaning Baykalorti ölkasida joylaşgan Nerçinsk şahridagi 1-sonli axloq tuzatiş markazidan tört nafar maxbus qoçib ketgandi. Federal jazoni ijro etiş xizmati boşqarmasining («UFSIN») ma’lum qilişiça, ularning ikki nafari Çita va Amur oblastidan topilgan.