Muloqotda Agentlik rahbarining örinbosarlari, xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş uçun mas’ul boşqarmalarning boşliqlari ham iştirok etdi.

Tomonlar özaro savdoni kengaytiriş, eksport-import nomenklaturasini diversifikatsiya qiliş masalalarini atrofliça muhokama qildi.

Tadbir avvalida Özbekistonda xorijiy investorlar uçun yaratilgan şaroit va imtiyozlar yuzasidan taqdimot ötkazildi.

Şundan söng, özaro savdo hajmlarini oşirişning yangi yönalişlari, jumladan, ikki mamlakatda taşkil etiladigan savdo va sanoat körgazmalarida tomonlarning doimiy iştirokini ta’minlaş, savdo uylarini taşkil etiş orqali mamlakatlarning mahsulotlari böyiça xabardorlik darajasini keskin oşiriş, Özbekiston va Pokistonning barça turdagi mahsulotlari töğrisida ma’lumot oliş imkonini beruvçi onlayn platformani yaratiş böyiça takliflar körib çiqildi.

Zubayr Motivala 2024 yil iyun oyida Toşkentda taşkillaştirilgan Made in Pakistan sanoat körgazmasi muvaffaqiyatli ötkazilgani qayd etib, uşbu tadbirni ötkazişda körsatilgan yordam uçun Özbekiston tomoniga minnatdorçilik bildirdi. Tadbir uşbu yönalişda mavjud salohiyatni işga soliş uçun yangi mexanizmni yaratgani, kelgusida bu turdagi körgazmalarni köpaytiriş mahsulotlar soni va turini yanada oşirişga xizmat qilişini ta’kidladi.

2025-2026 yillarda ikki mamlakatda taşkillaştiriladigan xalqaro körgazmalar va yarmarkalarning muddatlari töğrisidagi batafsil ma’lumot bilan almaşiş va unda Özbekiston va Pokiston biznes uyuşmalari delegatsiyalari, işlab çiqaruvçilari va tadbirkorlarining faol iştirokini ta’minlaş böyiça yaqindan hamkorlik qilişga kelişilib, mazkur masala böyiça mas’ul xodimlar tayinlandi.

TDAP rahbari Lahor şahrida 26-28 fevralda ötkaziladigan FoodAg Manufactoring Exhibition qişloq xöjaligi mahsulotlari hamda 17-19 aprelda bölib ötadigan 4th Engineering and Healthcare Show körgazmalarida Özbekiston vakillarini qatnaşişga taklif etdi.

Muzokaralar çoğida Karaçi şahrining Özbekiston hududlari bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligini yanada rivojlantiriş, biznes jamiyatlari örtasida aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş çoralari ham muhokama qilindi. TDAP vakillari Toşkent–Karaçi yönalişida aviaqatnovlarni yölga qöyiş, özaro bank tölovlari masalalari yuzasidan öz takliflari bilan örtoqlaşdi.