“Zapravka”dagi murojaati ortidan mayda bezorilikda ayblanib qamalgan Ğayrat Döstov ustidan 3 yanvar kuni apellyatsiya sudi bölib ötdi. Apellyatsiya instansiyasi Döstovga 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. Uşbu jazo u qamoqda ötirgan kunlari hisobiga ötilgan deb hisoblanib, Ğayrat Döstov sud zalidan ozod qilindi.
Mayda bezorilikda ayblanib 15 sutkaga qamalgan Ğayrat Döstov ustidan 3 yanvar kuni apellyatsiya sudi bölib ötdi. Kun.uz unda töliq iştirok etib, jarayonni kuzatdi.
Dastlab bir qança vaqt davomida sudlanuvçining qonuniy vakillari, jurnalistlar va jamoatçilik faollari turli bahonalar bilan sud binosiga kiritilmadi. Keyinroq, Döstovning iştirokisiz sud boşlangani ma’lum böldi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov intervyuda aytib ötdi.
Döstovning sudda iştirokini ta’minlaş böyiça advokatlarning talabi qondirilgaç, oçiq sud majlisiga kelgan OAV vakillaridan 4 nafari binoga kiritildi, qolganlar majlisda qatnaşa olmadi. Tuşdan keyin 15:00ga belgilangan sud javobgarning iştirokida salkam 2 soat ötgaç 17:00 atrofida boşlandi.
Protsess boşida sudya Farruh Ergaşev tomonidan Döstovning şaxsiga aniqlik kiritilib, u şu vaqtaça qayerda saqlangani yuzasidan savollar berildi. Javobgarning aytişiça, u dastlabki sud qaroridan keyin “Panelniy”da faqat 1 keça saqlangan, keyin poytaxt IIBBga olib borilgan. IIV va IIBB u nega qamoqdan idoraga olib borilgani haqida izoh bermagan.
Protsess davomida huquqbuzarning tobi qoçgani sabab, sudya işni körişda tanaffus e’lon qildi. 17:00 da boşlangan ma’muriy iş köriş, tanaffuslar bilan 3 soat davom etib 20:10 larda, Döstov sud zalidan ozod qilinişi bilan yakunlandi.
Unga MJtKning 183-moddasiga binoan 8 (sakkiz) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo u qamoqda ötirgan kunlari hisobiga ötilgan deb hisoblanib, Döstov sud majlisida ma’muriy qamoqdan ozod qilindi. Qarordan norozi taraflar 6 oy muddat içida Oliy sudga şikoyat beriş huquqiga ega ekani ma’lum qilindi.
Sud jarayonining muhim qismlarini töliq şaklda yuqoridagi videoda tomoşa qilişingiz mumkin.
Dilşoda Şomirzayeva,
Kun.uz muxbiri.
















