Yerevan sudi Armaniston Qurolli kuçlari boş ştab boşliğining sobiq örinbosari Tiran Xaçatryanni uruş vaqtida mas’uliyatsizlikka yöl qöygani uçun hibsga oliş böyiça qaror çiqardi. General-leytenantning tarafdorlari Xaçatryanga qarşi jinoiy işni «faol fuqarolik pozitsiyasi uçun jazo» deb atamoqda.

Masis Melkonyan raisligida ötgan sud qarori töğrisida generalning advokatlari Varazdat Arutyunyan va Armen Andrikyan ma’lum qilgan. Himoyaçilarning sözlariga köra, Xaçatryan ayblanayotgan iş böyiça tergov qariyb uç yildan beri davom etmoqda.

Qayd etilişiça, uşbu uç yil davomida general-leytenent söroqlarda guvoh sifatida iştirok etgan. Advokatlar işga oid tafsilotlarni oçiqlamagan, ammo u «44 kunlik uruş» bilan boğliq ekanini ta’kidlagan. Jinoyat işi doirasida töplangan hujjatlar beş tom va 1,5 ming sahifaga yetgan.

Himoyaçilarning hisoblaşiça, Tiran Xaçatryan iş tergovi uçun emas, balki «uruşdagi mağlubiyat uçun aybdorni jazolaş» maqsadida hibsga olingan.

Tiran Xaçatryan Boş ştab boşli örinbosari lavozimidan 2021 yil fevralda olingan edi. General-leytenant lavozimdan ketganidan keyin önlab yuqori martabali harbiylar Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanning iste’fosini talab qildi. OAV Xaçatryanning iste’fosini lavozimdan olingan kuni boş vazir haqida bildirgan bayonotlari bilan boğlamoqda. Öşanda general-leytenant jurnalistlar bilan suhbatda boş vazirning Rossiyaga tegişli «Iskander» raketalarining «faqat 10 foizi portlagani» haqida aytgan gaplari ustidan kulgandi.

Dekabr oxirida Moskvada Armaniston sobiq mudofaa vaziri Arşak Karapetyan qölga olingan edi. Karapetyan 2018 yildan 2021 yilga qadar Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanning maslahatçisi bölgan. 2021 yil avgustda u mudofaa vaziri etib tayinlangan, 15 noyabrda esa iste’foga çiqarilgan.

2023 yil oktyabrda Karapetyan Paşinyanni xiyonatda ayblagandi, uning fikriça, boş vazir tan olinmagan Toğli Qoraboğ armiyasining yöq qilinişiga sababçi bölgan.